O`lkashunoslik fani
Ushbu kitob O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimi uchun Navoiy davlat pedagogika instituti tomonidan tayyorlangan o‘lkashunoslik faniga oid o‘quv qo‘llanma hisoblanadi. Qo'llanma o‘lkashunoslik kursining maqsad va vazifalari, o‘lkaning tabiiy sharoiti, madaniyati va tarixi, topografik ishlar, geografik maydonchada kuzatuv ishlari, masofani o‘lchash, joyning surati va rejasi, ob-havoni o‘rganish, fenologik kuzatishlar, Navoiy viloyatiga tabiiy va iqtisodiy geografik ta’rif, aholi va xo‘jaligini o‘rganish, arxeologik tadqiqotlar, mashhur kishilar yashagan joylarni o‘rganish, bibliografik ko‘rsatkichlar, tabiat va xo‘jalik ob’ektlarini kuzatish, shahar tarixiy va madaniy yodgorliklariga ekskursiya uyushtirish, viloyat tabiatini muhofaza qilish va o‘lkashunoslik muzeyini tashkil qilish kabi mavzularni qamrab oladi.
Asosiy mavzular
- O'lkashunoslik kursining maqsadi va vazifalari: O'lkashunoslikning rivojlanishi, fanlar tizimidagi o'rni, ta'lim va tarbiyadagi ahamiyati haqida ma'lumot beriladi.
- O'lkaning tabiiy sharoiti, madaniyati va tarixi: O'lkaning geologik tuzilishi, foydali qazilmalari, ichki suvlari, o'simlik va hayvonot dunyosi madaniyatining rivojlanish bosqichlari va ularning iqtisodiy rivojlanishdagi ta'siri o'rganiladi.
- O'lkashunoslik sayohatlarida bajariladigan topografik ishlar: O'lkani o'rganish usullari, turistik sayohatlarda olib boriladigan ekspeditsiyalarda joy xaritasi va kompas bilan ishlash, azimutni aniqlash, ufq tomonlarini belgilash kabi topografik ishlarni o'z ichiga oladi.
- Navoiy viloyatiga tabiiy geografik ta'rif: Viloyat tabiati, tabiiy resurslari hamda tabiiy boyliklarini o'rganish.
- Navoiy viloyatiga iqtisodiy geografik ta'rif: Viloyat iqtisodiy salohiyati, sanoati va ishlab chiqarish korxonalari haqida ma'lumotlar beriladi.
- O'lka aholisi va xo'jaligini o'rganish: Hududning aholisi, soni, zichligi, etnik tarkibi, migratsiya jarayonlari va xo'jalik faoliyati kabi jihatlari tahlil qilinadi.