Informatika va axborotlar tеxnologiyasi
Ushbu kitob "Informatika va axborot texnologiyalari" fanidan tajriba ishlarini bajarish boʻyicha uslubiy koʻrsatma (2-qism) boʻlib, unda amaliy mashgʻulotlar uchun zarur boʻlgan nazariy maʼlumotlar va topshiriqlar keltirilgan. Qoʻllanma Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan tasdiqlangan oʻquv dasturiga muvofiq tuzilgan.
Asosiy mavzular
- Tajriba ishi №1: Takrorlanuvchi algoritmlarni dasturlash: Takrorlanuvchi algoritmlarni dasturlash, yigʻindi va koʻpaytmalarni hisoblashga dasturlar tuzish usullari ko'rsatilgan. 1.1 jadvalda funksiyalarni dasturlash. 1.2 jadvalda yig'indilarni hisoblash.
- Tajriba ishi №2: Massivlar: Massivlarni ifodalash va ular ustida amallar bajarish, foydalanuvchi funksiyasi va qism dasturlarini tashkil etish, satr kattaliklar ustida amallar bajarish uchun dasturlar tuzish haqida ma'lumot berilgan.
- Tajriba ishi №3: Beysik tilining grafik imkoniyatlari: Beysik tilining grafik imkoniyatlari, grafik operatorlar yordamida turli grafik shakllarni ekranda tasvirlash hamda ularni harakatlantirish usullari keltirilgan.
- Tajriba ishi №4: WINDOWS tizimining imkoniyatlari: WINDOWS tizimida ishlash va uning imkoniyatlaridan foydalanish koʻnikmasini hosil qilish, WINDOWS operatsion tizimi, Windowsning ish stoli va uning yorliqlari, Pusk tugmasi boʻlimlari tushuntirilgan.
- Tajriba ishi №5: MICROSOFT WORD va EXCEL: MICROSOFT WORD matnli muharriri va matnli axborotlarni qayta ishlash, EXCEL elektron jadvali. Jadval kattaliklarini qayta ishlash usullari haqida ma'lumot berilgan.
- Tajriba ishi №6: Power Point dasturi haqida tushuncha: Microsoft PowerPoint dasturining ishchi muhiti. Kompyuter grafikasi, prezentasiya va animasiyalarni tashkil etish haqida ma'lumotlar keltirilgan.
- Tajriba ishi №7: Microsoft Access dasturida ishlash: Ma'lumotlar jamg'armasi va omborini tashkil etish. Microsoft Access dasturida ishlash amallari tushuntirilgan.