Radiotexnik zanjirlar va signallar

Ushbu kitob radiotexnika zanjirlari va signallari fanini o'rganuvchi bakalavriat talabalari uchun amaliy tajriba mashg'ulotlarini bajarish bo'yicha uslubiy qo'llanma hisoblanadi. Unda radiotexnik zanjirlarning asosiy turlari, ularning xususiyatlari va parametrlarini o'lchash usullari keltirilgan. Qo'llanmada har bir tajriba ishi uchun nazariy ma'lumotlar, ishni bajarish tartibi va tayyorlov savollari berilgan.

Asosiy mavzular

  • Tebranish konturlarini tekshirish: Ketma-ket, parallel va bog'langan tebranma konturlarning rezonans xususiyatlarini o'rganish. Konturlarni sozlash, rezonans tavsiflarini olish va tahlil qilish usullari ko'rsatilgan.
  • Tovush chastotasi kuchaytirgichlarida teskari aloqalarni tekshirish: Teskari aloqalarning ikki kaskadli tovush chastotasi kuchaytirgichining ishlashiga ta'sirini o'rganish, musbat va manfiy teskari aloqalar ta'sirini tekshirish.
  • Amplituda boʻyicha modulyasiyalash sxemasini tekshirish: Am tebranishlarni olish prinsipini o'rganish, modulyatorning ishlashini, modulyasiya koeffitsientini aniqlash.
  • Amplituda boʻyicha detektor va oraliq chastotali kuchaytirgichlarni tekshirish: Oraliq chastotali kuchaytirgichlar kaskadlarining ishlash prinsipini o'rganish, tanlovchi kuchaytirgichlarni sozlash, amplituda boʻyicha detektor sxemasini tekshirish.
  • Amplituda boʻyicha detektor va chastota oʻzgartirgichini tekshirish: Chastota oʻzgartirgichi va amplituda bo'yicha kuchlanishni ikki barobar oshiruvchi detektorlarning ishlash prinsipini oʻrganish, hamda chastota oʻzgartirgichini sozlash usullarini qoʻlga kiritish.
  • Chastota boʻyicha detektorni tekshirish: Chastota boʻyicha detektorning ishlash prinsipini oʻrganish, amplituda - chastota tavsifini olish va sozlash jarayonini bilib olish.
  • RC-generatorni tekshirish: Ikki kaskadli RC-generatorning ishlash prinsipini oʻrganish; uning oʻz-o'zidan qoʻzgʻalish shartlarini aniqlash va chiqish signalini minimal nochiziqli buzilishlar bilan olish.
  • LC- generatorni tekshirish: Induktiv teskari aloqali avtogeneratorning ishlash prinsipini oʻrganish, soʻnmas elektr tebranishlarni olish uchun shartlarni tajriba yoʻli orqali aniqlash.