Notiqlik sa`nati va nutq madaniyati
Ushbu kitob "Notiqlik san'ati va nutq madaniyati" fani bo'yicha ta'lim texnologiyasini o'z ichiga oladi. Unda notiqlik san'atining mohiyati, tarixi, uslublari, nutq madaniyatini o'stirish usullari, pedagogning nutqi va tarbiyasi kabi masalalar yoritilgan. Shuningdek, amaliy mashg'ulotlar va seminar darslarini o'qitish texnologiyalari, mavzular bo'yicha ma'ruza va amaliy mashg'ulotlarda o'qitish texnologiyalarini ishlab chiqishning konseptual asoslari ham keltirilgan.
Asosiy mavzular
- Notiqlik san'ati va nutq madaniyatining dolzarbligi va o'qitish strukturasi: Notiqlik mahorati predmeti, ogʻzaki va yozma nutqni tinglovchilarga jonli yetkazish malakasini egallash haqida tushuncha beradi. Nutq madaniyati har bir shaxsning umumiy madaniyatini bir qismi boʻlib hisoblanadi.
- Oʻquv kursi boʻyicha ma'ruza va amaliy mashg'ulotlarda oʻqitish texnologiyalarini ishlab chiqishning konseptual asoslari: Oʻzbekiston oʻz istiqlol va taraqiyot yo'lidan rivojlanib, xalqaro maydonda oʻzining munosib o'rnini topmoqda. Bunda aniq vazifalar sifatida bevosita oʻquv jarayonini yaxshilash, oʻquv dasturlarini yanada takomillashtirish, oʻqitishning zamonaviy pedagogik texnologiyalarini amalga joriy qilish, texnik vositalaridan keng foydalanish va shu asosda masofadan oʻqitishni keng joriy qilishdan iboratdir.
- Pedagog nutqi va tarbiya: Pedagogik faoliyat tavsifi (konstruktiv, tashkilotchilik, ilmiy, komunikativ). Pedagog nutqiga qo'yiladigan talablar (adabiy tilni toʻla egallash va adabiy til normasiga amal qilish, talaffuz, soʻz vositalari va usulubiy figuralardan toʻgʻri foydalanish, nutq texnikasiga amal qilish, aniq va ravon gapirishga oʻrganish).