Tarmoq iqtisodi
Ushbu kitob sanoat iqtisodiyoti va uni rivojlantirish masalalariga bag'ishlangan. Unda O'zbekiston sanoatining o'rni, globallashuv sharoitida rivojlanish tendensiyalari, tarmoqlarning tarkibiy o'zgarishlari, boshqaruv asoslari, rejalashtirish, texnologik bazani yaratish, kadrlar roli, resurslardan foydalanish samaradorligi kabi masalalar ko'rib chiqiladi. Kitob talabalar uchun mustaqil ishlashda qo'llanma bo'lib, nazariy bilimlarni amaliyotga tatbiq etishga yordam beradi.
Asosiy mavzular
- Sanoat taraqqiyotini globallashtirish va uning rivojlanishini ta'minlash yo'llari: Globallashtirishning mohiyati, O'zbekiston sanoatining rivojlanish ko'rsatkichlari va keys taxlili.
- Sanoat ishlab chiqarishini milliy iqtisodiyot va jahon iqtisodiyotida tutgan o'rni: Milliy iqtisodiyotning rivojlanishi va jahon taraqqiyoti, jahon iqtisodiyotining rivojlanishida o'ziga xos xususiyatlar.
- Sanoat sohasidagi tarkibiy siljishlar va ularning samaradorligi: Kimyo, yengil sanoat va xizmat ko'rsatishning rivojlanishi, O'zbekiston respublikasi yengil sanoatida investitsiyalarning jalb etilishi.
- Sanoat ishlab chiqarishini ilmiy jihatdan boshqarishning asosiy muammolari: Korxona boshqaruvi strukturasi, boshqaruvning tashkiliy shakllari.
- Rejalashtirish va bashorat qilish falsafasi: Rejalashtirishning mohiyati va xususiyatlari, biznes reja – korxona samaradorligini belgilovchi omil sifatida.
- Sanoat ishlab chiqarishining texnik va texnologik bazasini yaratishning o'zbek modeli: O'zbekiston milliy iqtisodiyotini rivojlantirishning o'zbek modeli, fan - texnika taraqqiyotini rivojlantirish.
- Globallashtirish va izchil rivojlanishni ta'minlashda sanoat kadrlarining roli: Globallashtirish sanoat rivoji sifatida, kadrlarga ehtiyojni prognozlash.
- Asosiy va aylanma fondlarni takror ishlab chiqarish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish: Asosiy fondlar tuzilmasi, aylanma fondlardan foydalanishni yaxshilash.
- Sanoatning xom ashyo bazasi va undan oqilona foydalanishning asosiy yo'nalishlari: Xom ashyo yetkazib beruvchi tarmoqlarning rivojlanishi, xom ashyo yetkazib beruvchi tarmoqlardan foydalanish.
- Mexnat unumdorligi va uni oshirishga ta'sir etuvchi omillar: Mexnat unumdorligining moxiyati, mexnat unumdorligini oshirish xususiyatlari.