Кon ishlari asoslari

Ushbu kitob "Kon ishlari asoslari" fanining dasturi bo'lib, konchilik sohasidagi asosiy tushunchalar, texnik atamalar, foydali qazilma konlarini qazib olish usullari va texnologiyalari haqida ma'lumot beradi. Shuningdek, konchilik sanoatining rivojlanish tarixi, O'zbekistondagi konchilik sohasining holati va istiqbollari ham ko'rib chiqiladi. Dastur talabalarga konchilik ishlarida zarur bo'lgan bilim, ko'nikma va tajribalarni berishga qaratilgan.

Asosiy mavzular

  • Konchilik ishlari to'g'risida umumiy ma'lumotlar: Kon ishlari fanining tarkibi, asosiy tushunchalari, konchilik sanoatining rivojlanish tarixi, foydali qazilma turlari, konchilik sohasidagi islohotlar va konchilik sanoatining O'zbekiston iqtisodiyotidagi o'rni.
  • Yer osti inshootlari va kon korxonalari qurilishi: Yer osti qurilishi to'g'risida tushuncha, yer qa'rini kompleks o'zlashtirish vazifalari, yer osti ob'ektlari turlari va ularning xalq xo'jaligidagi ahamiyati.
  • Foydali qazilma konlarini yer osti usulida qazish texnologiyasi asoslari: Shaxta maydonini ochish va qazishga tayyorlash texnologiyasi, konni ochish sxemalari, qazish lahmlarida kon bosimi, ko'mir va ruda konlarida qazish ishlari majmuini mexanizatsiyalash, kon ishlari jarayonlari, toq jinslarini еmirish usullari, rudalarni етkazib berish va tashish, foydali qazilma konlarini qazish tizimlari.
  • Foydali qazilma konlarini ochiq usulda qazish texnologiyasi asoslari: Ochiq usulda qazishning afzalliklari va muammolari, kar'er elementlari va asosiy kon-texnik tushunchalar, ochiq kon ishlarining asosiy bosqichlari, toq jinslarini qazib olishga tayyorlash usullari, ochiq usulda qazib olish sistemalari, konlarni ochish usullari.