Машинасозлик саноати иқтисодиётини бошқаруви

Ushbu kitob O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tavsiya etilgan bo‘lib, mashinasozlik sanoati iqtisodiyotini boshqarishga bag‘ishlangan. Unda korxona faoliyati, rejalashtirish, resurslardan foydalanish, xavfsizlik va rentabellik kabi masalalar batafsil yoritilgan.

Asosiy mavzular

  • «Mashinasozlik sanoati iqtisodiyoti» kursining mazmuni va vazifalari: Iqtisodiyot fanining mohiyati, korxona iqtisodiyoti, bozor iqtisodiyoti va raqobat, resurslar va ulardan foydalanish, rejalashtirish va bashorat qilish masalalari bayon etilgan.
  • Korxona mustaqil xo‘jalik yurituvchi bozor sub’ekti: Milliy iqtisodiyotda korxonaning o‘rni, korxona belgilari, funksiyalari va vazifalari, korxonalarni tasniflash, korxona tuzilmasi va uni belgilovchi omillar ko‘rib chiqiladi.
  • Korxonani tashkil qilish va uning faoliyatini tugatish: Korxonani tashkil qilish tamoyillari, ta’sis hujjatlari, davlat tomonidan ro‘yxatga olish, tugatish va qayta tashkil qilish jarayonlari yoritilgan.
  • Korxonani boshqarish: Boshqaruvning korxona faoliyatidagi zaruriyati, bozor munosabatlarida boshqaruvning tamoyillari, maqsad va vazifalari, tashkiliy tuzilmalari va funksiyalari, o‘ziga xos xususiyatlari, takomillashtirish yo‘nalishlari bayon etilgan.
  • Korxona faoliyatini rejalashtirish va bashorat qilish: Bozor iqtisodiyotida rejalashtirish va bashorat qilishning iqtisodiy tabiyati, rejalashtirishning uslubiy asoslari, korxonalarda rejalashtirish va bashorat qilish, rejalashtirish texnologiyasi, biznes-reja tuzish tartibi ko'rsatilgan.
  • Ishlab chiqarishning iqtisodiy va ijtimoiy samaradorligi: Samaradorlik - korxona ishlab chiqarish faoliyatida muhim o'lchov birligi. Xo'jalik yuritish samaradorligining mezoni va ko'rsatkichlari. Korxona faoliyati samaradorligini oshirish yo'llari va omillari.
  • Korxonaning asosiy fondlari va ishlab chiqarish quvvati: Asosiy fondlarning mohiyati va ularning korxona faoliyatidagi o'rni. Korxonalarda asosiy fondlarning eskirishi, ularni baholash va ta'mirlash. Asosiy fondlardan foydalanishni yaxshilash yo'llari va ko'rsatkichlri. Korxonaning ishlab chiqarish quvvati.
  • Korxonaning aylanma mablag'lari: Aylanma mablag'lar tushunchasi, iqtisodiy tabiat. Aylanma mablag'larning tuzilmasi va harakati. Aylanma mablag'larni normallashtirish. Aylanma mablag'lardan foydalanish ko'rsatkichlari va ularning aylanishini tezlashtirish yo'llari.
  • Korxonada kadrlar va mehnatga haq to'lash: Korxonaning kadrlar salohiyati. Bozor munosabatlari sharoitlarida korxonaning kadrlar siyosati. Korxonada mehnatga haq to'lash.
  • Korxona rentabelligi, daromad va xarajatlar: Xarajatlar tushunchasi va klassifikasiyasi. Foyda va uning shakllanish manbalari. Rentabellikning mohiyati va ko'rsatkichlari.
  • Korxonaning investitsion faoliyati: Investitsiyalar korxona i.ch chiqarish salohiyatini rivojlantirish va mustahkamlash vositasi sifatida. Korxonalarda investitsiyalashning asosiy manbalari va yo'nalishlari. Investitsiyalarning iqtisodiy samaradorligini baholash.
  • Korxona xavfsizligi va tijorat sirlari: Korxona xavfsizligini ta'minlashning maqsadi. Korxona xavfsizligini ta'minlashni tashkil qilish va boshqarish.