Sonlar nazariyasi

Ushbu kitob sonlar nazariyasiga bag'ishlangan bo'lib, unda bo'linish munosabatlari, tub va murakkab sonlar, eng katta umumiy bo'luvchi (EKUB) va eng kichik umumiy karrali (EKUK), Evklid algoritmi, modulyar arifmetika va Eyler funksiyasi kabi muhim mavzular o'rin olgan. Kitobda nazariy ma'lumotlar bilan bir qatorda misol va masalalar ham keltirilgan. U matematika faniga qiziquvchi o'quvchilar, talabalar va o'qituvchilar uchun mo'ljallangan.

Asosiy mavzular

  • Bo'linish munosabati: Bo'linish ta'rifi, bo'linuvchi va bo'luvchi, bo'linish xossalari, juft va toq sonlar, bo'linishga doir masalalar.
  • Tub va murakkab sonlar: Tub sonlar ta'rifi, murakkab sonlar ta'rifi, o'zaro tub sonlar, tub sonlarga doir masalalar.
  • Eng katta umumiy bo'luvchi (EKUB) va eng kichik umumiy karrali (EKUK): EKUB va EKUK ta'riflari, Evklid algoritmi, EKUB va EKUK xossalari, EKUB va EKUK ga doir masalalar.
  • Modulyar arifmetika: Modul bo'yicha taqqoslashlar, Ferma teoremasi, Eyler teoremasi, Vil'son teoremasi, Klement teoremasi, taqqoslashlarga doir masalalar.
  • Sonlar nazariyasida muhim funksiyalar: Butun qism, kasr qism, Eyler funksiyasi, Lejandr formulasi, funksiyalarga doir masalalar.