Мактаб таълимида узлуксиз касбий ривожланиш ва Ўзбекистондаги таълим тизимига жавоб берадиган самарали бошқарув тизими бўйича тренинг

Ushbu qo'llanma AKT (axborot-kommunikatsiya texnologiyalari) yordamida matematika fanini o'qitish usullarini o'rganish uchun mo'ljallangan. Qo'llanma maktab o'qituvchilari uchun metodik qo'llanma sifatida xizmat qiladi va dars jarayonida AKTdan samarali foydalanishga yo'naltiradi.

Asosiy mavzular

  • AKTga kirish: AKTning ta'limdagi roli, afzalliklari, o'qituvchi kasbiy rivojlanishidagi o'rni va resurslardan oqilona foydalanish masalalari ko'rib chiqiladi.
  • Office dasturlari: MS Word, Power Point va Excel dasturlari bilan ishlash bo'yicha amaliy ko'nikmalar beriladi. Ularning imkoniyatlari va ta'limda qo'llanilishi o'rgatiladi. Taqdimot yaratish bosqichlari keltirilgan.
  • Elektron pochta: Elektron pochta tizimlari, xabar yuborish va qabul qilish, elektron pochtaga kirish va xat yozish kabi amaliy ko'nikmalar shakllantiriladi.
  • AKT bo'yicha atamalar: AKT sohasidagi muhim atama va tushunchalar, shuningdek, dasturiy ta'minot bo'yicha bilimlarni baholash bo'yicha so'rovnoma va internet resurslari haqida ma'lumot berilgan.
  • Matematikada AKT: Dars jarayonida AKTdan foydalanishning metodikasi, turli uslublar va manbalar keltirilgan.