Grammatika anekdotlarda
Kitob nemis tilini o'rganuvchilar uchun mo'ljallangan bo'lib, grammatikani qiziqarli va oson usulda, anekdotlar orqali o'rgatishga qaratilgan. Unda nemis xalq anekdotlaridan foydalanilgan holda tilning grammatik qoidalari, so'zlashuv ko'nikmalari va madaniy jihatlari yoritilgan. Kitob turli mavzularni qamrab olgan 28 ta darsdan iborat.
Asosiy mavzular
- Hozirgi zamon (Präsens): Hozirgi zamon fe'llarining tuslanishi, shaxsiy olmoshlar bilan ishlatilishi va gap tuzilishi qoidalari.
- Gaplardagi so'z tartibi (Die Wortfolge): Gapdagi so'zlarning o'rni, darak gaplar, so'roq gaplar va buyruq gaplarda so'z tartibi qoidalari.
- Otlarining seplanishi (Deklination der Substantive): Otlarining jinsiga qarab seplanish qoidalari (kuchli, kuchsiz va aralash seplanishlar).
- Yordamchi fe'llarning betlanishi (Hilfsverben): "Haben", "sein", "werden" fe'llarining hozirgi zamonda tuslanishi va ularning yordamchi fe'l sifatida ishlatilishi.
- Buyruq mayli (İmperativ): Buyruq maylidagi gaplarni tuzish qoidalari, "du", "ihr" va "Sie" formalari bilan buyruq berish.
- O'zlik fe'llar (Reflexivverben): "Sich" olmoshi bilan ishlatiladigan fe'llar, ularning gapdagi o'rni va ishlatilishi.
- Predloglar (Präpositionen): Predloglarning turlari (Dativ, Akkusativ) va ularning gapdagi o'rni, ma'nosi hamda boshqaruv qoidalari.
- Modal fe'llar (Modalverben): "Können", "dürfen", "müssen", "sollen", "wollen", "mögen" modal fe'llarining ishlatilishi va gap tuzilishi.
- To'ldiruvchi bog'inli qo'shma gap (Der Objektsatz): "Dass", "ob" va so'roq so'zlar yordamida to'ldiruvchi bog'inli qo'shma gaplarni tuzish qoidalari.
- O'tgan zamon (Präteritum, Perfekt): O'tgan zamon fe'llarining (kuchli va kuchsiz) tuzilishi, ularning gapdagi o'rni va ishlatilishi.
- Kelbetlik (Das Adjektiv): Sifatlarning turli sepliklarda o'zgarishi, ularning gapdagi roli va darajalari (Positiv, Komparativ, Superlativ).
- Aniqlovchi bog'inli qo'shma gap (Der Attributsatz): Aniqlovchi bog'inli qo'shma gaplarni tuzish qoidalari, ularning gapdagi o'rni va ma'nosi.
- Vaqit bog'inli qo'shma gap (Der Temporalsatz): Vaqitni ifodalovchi bog'inli qo'shma gaplarni tuzish qoidalari ("wenn", "als", "nachdem", "während" va boshqalar yordamida).
- O'zgalik daraja (Passiv): Passiv gaplarni tuzish qoidalari (Präsens, Präteritum, Perfekt va boshqa zamonlarda).
- Sabab bog'inli qo'shma gap (Der Kausalsatz): Sababni ifodalovchi bog'inli qo'shma gaplarni tuzish qoidalari ("weil", "da" va boshqalar yordamida).