Valeologiya asoslari

Ushbu kitob valeologiya asoslarini, inson salomatligini saqlash va mustahkamlash yo'llarini o'rgatadi. U tibbiyot, biologiya, pedagogika, ekologiya va boshqa fanlar bilan bog'liq holda inson organizmining tuzilishini, funktsiyalarini, kasalliklarni oldini olish usullarini yoritadi.

Asosiy mavzular

  • VALEOLOGIYA FANI HAQIDA: Fanning tarixi, asosiy vazifalari, metodlari va boshqa fanlar bilan aloqasi bayon etiladi.
  • O'ZLIGINI ANGLASh: Insonning o'z organizmi, ruhiyati va falsafiy qarashlari haqidagi tushunchalari shakllantiriladi. Hujayra, yurak-tomir tizimi, nafas olish tizimi, ovqat hazm qilish tizimi, buyraklar, nerv-asab tizimi, endokrin tizim haqida ma'lumot beriladi. Shuningdek, urug'lanish, egizaklar, qon, teri va ularning ahamiyati haqida so'z yuritiladi.
  • AYRIM KASALLIKLAR HAQIDA QISQAChA MA'LUMOT: Yurak-tomir kasalliklari, og'iz bo'shlig'i kasalliklari, me'da-ichak yo'llari kasalliklari, jigar va o't yo'llari kasalliklari, yuqumli kasalliklar, rak kasalligi, sil kasalligi kabi ayrim kasalliklar haqida qisqacha ma'lumot beriladi.
  • IMMUNOLOGIYa FANI VA IMMUNITET: Immunologiya fanining tarixi, ahamiyati, immunitet va immun tizim a'zolari, immun tanqisligi kasalligi (OITS) haqida ma'lumot beriladi.
  • YOD TANQISLIGI KASALIKLARI VA MIKROELEMENTLAR: Yod elementining ochilish tarixi, yod tanqisligi muammolari, organizmning yod elementiga talabi va manbalari, qalqonsimon bez va uning faoliyati, kasallikning rivojlanishi va klinik belgilari haqida ma'lumot beriladi.
  • JISMONIY TARBIYa. ChINIQISh. SPORT: Chiniqish organizmni chiniqtirishning nazariy asoslari, sof havoda jismoniy mashg'ulotlarning ahamiyati, jismoniy tarbiya davrida mayiblik (travma) sodir bo'lsa yordam berishlik haqida ma'lumot beriladi.
  • NARKOMANIYa VA UNING PROFILAKTIKASI: Narkomaniyaning kelib chiqish tarixi, tarqalishi va sabablari, narkomoniyaning guruhlarga bo'linishi, narkomaniyaning boshlanishiga sababchi bo'lgan omillar haqida ma'lumot beriladi.