Кon ishlari jarаyonlari

Ushbu kitob "Kon ishlari jarayonlari fanining dasturi" bo'lib, O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan. Dastur kon ishlari texnologiyasi, konchilik ishlarini tashkil etish va loyihalash, to'g'ri hisob-kitoblar, geologik ma'lumotlarni tahlil qilish kabi masalalarni qamrab oladi. Shuningdek, talabalarga yer osti va ochiq kon ishlarida qo'llaniladigan jarayonlar haqida bilim berish, amaliy ko'nikmalarni shakllantirish, ishlab chiqarish ko'rsatkichlarini hisoblash va loyihalashni o'rgatishga qaratilgan.

Asosiy mavzular

  • Kon jinslari to'g'risida umumiy ma'lumot: Kon jinslarining asosiy xossalari, texnologik tavsiflari, massivdagi qoyali va yarim qoyali jinslarning xususiyatlari, darzlik va yemirilish bo'yicha tasniflash.
  • Ochiq konlarda tog' jinslarini qazib olishga tayyorlash: Tayyorlash usullari, portlatish usuli bilan qazib olishga tayyorlash tamoyillari, portlovchi skvajinalarni burg'ulash usullari va ularning texnologik tavsifi.
  • Qazish-yuklash ishlari: Qazib-yuklovchi jihozlarning turlari va texnologik tavsifi, ekskavatorlar, skreperlar, buldozerlar va yuklagichlar yordamida qazib olish usullari. Qazish-yuklash ishlarida xavfsizlik talablari.
  • Karer yuklarini joylashtirish: Karer yuklari va ularni joylashtirish vositalari, oqimlar, temir yo'l va konveyer transporti, kombinatsiyalashgan transport va qayta yuklash punktlari. Xavfsizlik talablari.
  • Ağdarma va ğaramlash ishlari: Ağdarmalarni joylashtirish usullari, ağdarma uyumlarini hosil qilish, temir yo'l, avtomobil va konveyer transporti yordamida ağdarma hosil qilish. Foydali qazilmalarni ğaramlash.
  • Jarayonlarning o'zaro bog'liqligi va ularning texnologik sxemalari: Aralash jarayonlarni bajarishda texnologik va tashkiliy o'zaro bog'liqlik, jihozlar kompleksi, bir cho'michli va ko'p cho'michli ekskavatorlarning transport vositalariga yuklash sxemalari.
  • Er osti kon ishlari texnologik jarayonlari: Kon qazib olishda texnologik jarayonlarni takomillashtirish, ruda konlarini qazib olishning texnologik jarayonlari. Er osti yuklarini yetkazib berish usullari, ruda qazib olish va bo'shliqni saqlab turish.
  • Ko'mir shaxtalarida er osti konchilik ishlari: Ko'mirni o'yib olish va qazib olish maydonida yuk tashish, ko'mirni qazib olishda ishchi jarayonlar, tor qamrovli kombaynlar bilan ishlar, tehnologik sxemalari.
  • Tashish jarayonlari: Magistral kon lahmlarida yuklarni tashish, transport vositalarining turlari (konveyer, lokomotiv, vagonetkalar), ko'mirni qazib olish uchastkasida transportning texnologik sxemasi.
  • Odamlarni, yuk va materiallarni ko'tarish: Asosiy va yordamchi ko'taruvchi qurilmalar, ularning turlari va ishlash prinsiplari, ko'taruvchi kanatlar. Er yuzasining bosh plani va yer yuzasidagi asosiy texnologik komplekslar.