Pаtоfiziоlоgiya

Ushbu kitob patofiziologiya faniga bag'ishlangan bo'lib, tibbiyot oliy o'quv yurtlari talabalari uchun mo'ljallangan. Kitobda kasalliklar va patologik jarayonlarning kelib chiqishi, rivojlanishi, kechishi va natijalari, organizmning javob reaksiyalari, shuningdek, etiologiya, patogenez va nozologiya kabi asosiy tushunchalar batafsil yoritilgan. Shuningdek, kasalliklarning tashxisi, davolash usullari va profilaktika choralari haqida ma'lumotlar berilgan.

Asosiy mavzular

  • Patofiziologiyaga kirish. Umumiy nozologiya: Patofiziologiya fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, uslublari, asosiy tushunchalari, nozologiya, etiologiya va patogenez haqida ma'lumotlar keltirilgan.
  • Shikastlanish patofiziologiyasi: Hujayra shikastlanishining ko'rinishlari va patogenezi, xususan, hujayra membranasini shikastlanishi, sintetik jarayonlarning buzilishi, parchalanish jarayonlarini buzilishi va shikastlanish mediatorlarining hosil bo'lishi batafsil yoritilgan.
  • Irsiyat va konstitutsiyaning patologiyadagi o'rni: Mutatsiya, kasallik, sog'liq, adaptatsiya, irsiy va tug'ma kasalliklar haqida ta'limot berilgan.
  • Organizm reaktivligi va uning patologiyadagi roli: Organizmning reaktivligi, uning turlari, reaktivlikka ta'sir qiluvchi omillar va reaktivlikning patologik jarayonlardagi ahamiyati haqida ma'lumot berilgan.
  • Immunpatologiya: Allergiya, autoallergiya va immundefitsit holatlar, ularning etiologiyasi, patogenezi va ko'rinishlari haqida ma'lumot berilgan.
  • Yallig'lanish patofiziologiyasi: Yallig'lanishning etiologiyasi, patogenezi, umumiy va mahalliy o'zgarishlari, kasallikning davrlari va turlari haqida batafsil ma'lumotlar keltirilgan.
  • Isitma: Isitmaning etiologiyasi, patogenezi, bosqichlari, organizmda bo'ladigan o'zgarishlar va ularning davolash printsiplari haqida ma'lumot berilgan.
  • Moddalar almashinuvining tipik buzilishlari: Oqsil, suv, elektrolitlar, karbonsuvlar va yog'lar almashinuvining buzilishlari sabablari, mexanizmlari va oqibatlari batafsil yoritilgan.
  • Oshqozon ichak trakti yallig'lanishi: oshqozon sekretor faoliyatining buzulishi sabablari, ko'rinishlari, oqibatlari keltirib o'tilgan. Ichakdagi soo'rilish faoliyatining buzilishi sabablari, oqibatlari, yara kasalliklari etiologiyasi va patogenezi haqida yozilgan.
  • Tomirlar ishi yetishmovchiligi: Qon tomirlar tonusini boshqaruvchi mexanizmlari va ularning buzilishini turlari. Arterial gipertenziya, uning turlari, rivojlanishi. Gemodinamik ko'rsatkichlarining buzilish mexanizmlari tasvirlangan.
  • Yurak faoliyatini etishmovchiligi: Yurak ishini etishmovchiligi deganda yurakni organizmni metabolik talablarini qondira olmagan holatga aytiladi. Uning patogenezi, etiologiyasi, xususiyatlari haqida yozilgan
  • Nerv sistemasi faoliyatining buzilishi: nervni har qanday qitiqlanganda impulslar bel-talamik yo'l tolalari orqali talamusga keladi. Talamus - markaziy 'stantsiya' xisoblanib bu yerda hamma sezgilar qayta ishlanadi.
  • Ayrim endokrin bezlarining patologiyasi: Gipofiz, Buyrak usti bezi faoliyatining buzilishi oqibatida kelib chiqadigan holatlar haqida ma'lumotlar keltirilgan.