Tashqi muhit omillari

Ushbu qo'llanma O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Toshkent farmatsevtika instituti tomonidan farmatsiya fakulteti talabalari uchun gigiena fanidan tashqi muhit omillari bo'yicha o'quv uslubiy qo'llanma sifatida tayyorlangan. Qo'llanmada gigiena fanining tashqi muhit omillari gigienasi bo'limiga tayyorlangan va talabalar uchun mo'ljallangan.

Asosiy mavzular

  • Havoning fizik xususiyatlarining gigiyenik bahosi: Darsning maqsadi ishlab chiqarish xonalari havosining mikroiqlimiga gigiyenik baho berish to'g'risida sistemali bilim hosil qilish va ularni optimizatsiyalash uchun tadbirlar ishlab chiqarishni o'rganish. Havo muhitining turli fizik faktorlarni organizmga ta'siri. Quyosh radiatsiyasi, infraqizil va ultrabinafsha nurlarning gigienik bahosi. Atmosfera bosimi, harorat, namlik, havo harakati tezligi va shamol guli kabi omillarning inson organizmiga ta'siri va ularni aniqlash usullari.
  • Ish joyi havosini zararli moddalar bilan ifloslanishini gigienik baholash usullari: Ish joyi havosining sifati, uning tekshirishning gigienik ahamiyati, havo namunalari yig'ish usullari. Atmosfera havosining birikmasi, azot va kislorodning gigiyenik ahamiyati, uglerod IV oksidining tozalik darajasi ko'rsatgichi. Atmosfera havosining sanoat korxonalari chiqindilari bilan ifloslanganda asosiy kimyoviy aralashmalar, sanitar himoya zonasi va atrof muhitni muhofaza qilish.
  • Ishlab chiqarish xonalari havosidagi gazsimon kimyoviy moddalarning gigienik reglamentatsiyasi va tekshirish metodlari: Turli kimyoviy moddalarning organizmga ta'sirining hozirgi zamon qoidalari asosida talabalarda ishlab chiqarish xonalarida havoning kimyoviy ifloslanishi haqida bilim hosil qilish. Atmosferaga zararli ta'sir ko'rsatadigan gazsimon moddalarni miqdorini aniqlash, ularni o'lchovchi asboblar. Ishlab chiqarish xonalari havosida zararli moddalarni aniqlashda ekspress metodlar, uglerod oksidini aniqlash metodlari, havo tarkibidagi zararli moddalar ruhsat etilgan konsentratsiyasi va uning gigiyenik ahamiyati.
  • Havodagi changni tekshirish usullari: Sanoat changi va uning kasbiy zararlik modda ekanligi. Changni fizik va kimyoviy xususiyatlari, organizimda ta'siri, kasalliklar profilaktikasi. Ish joylarida havodagi changni aniqlash, tekshirish natijasida olingan ma'lumotlarga gigyenik baho berish va sanoat korxonalaridagi changlanishga qarshi kurashish chora tadbirlarini yaratish.
  • Havoni mikroblar bilan ifloslanganligim aniqlash usullari: Mikroorganizmlarning tashqi muhitda harakatlanuvchi faktorlardan biri ekanligi. Noqulay sanitary gigiyenik sharoitlarda ular dorixonada tayyorlanadigan dorilarning sifatiga ta'sir qilishi va dorixona ichidagi infeksiyasi paydo bo'lishi mumkin. Bakterial ifloslanishning o'rganish va oldini olish, bakteriotsid lampalarni o'rnatish va ishlatish, gigienik tadbirlarni ishlatish
  • Dorixona muassasalarida va farmatsevtika korxonalarida tabiiy va sun'iy yoritilishiga gigienik talablar va gigienik baholash usullari: Dorixona muassasalarida tabiiy va sun'iy yoritilishning gigiyenik talablari va baholash usullari. Tabiiy yorug'likning odam organizmiga ta'siri va sun'iy yoritilishning gigienik ahamiyati. Yoritilganlikni o'lchov asboblari va tabiiy yoritilganlik koeffitsientini aniqlash. Binolarni tabiiy yorug'lik bilan yoritilganlik darajasini belgil tir radigan omillar.
  • Havo almashinuvi – ventilyatsiya unga qo'yiladigan gigiyenik talablar va gigienik baholash usullari: Havoning tozaligi va mikroiqlimi uchun ventilyatsiyaning ahamiyati. Tabiiy va sun'iy havo almashinuviga gigienik baho berish. Havodagi zararli bug'lar va gazlar rangini aniqlashda havo almashinishini hisoblash. Aseptik blok va dorixona xonalarida havo almashinishi. Ventilyatsion sistemalar effektiv ishlashlarini baholash.
  • Dorixona muassalari va farmatsevtika sanoati korxonalarida suvning sifati, suv manbalariga qo'yilgan gigiyenik tekshirish usullar: Dorixona muassalari va farmatsevtika sanoati korxonalarida suvning sifati, uning ahamiyati. Ichimlik suviga qo'yiladigan gigiyenik talablar, epidemiologik ahamiyati, organaleptik hususiyatlari tekshirib baho berish. Suv tarkibidagi mineral moddalar yopishmasligi yoki ko'payib ketishi oqibatida kelib chiqadigan o'zgarishlar. Markazlashmagan suv bilan ta'minlash manbalarini saqlash bo'yicha chora tadbirlarini aytib bering.