Konchilik korxonalari elektr uskunalari va elektr ta'minoti

Ushbu kitob konchilik korxonalarining elektr uskunalarini va mashinalar yuritgichlarini ishlatish sharoitlari, bajaradigan texnologik jarayon talablariga ko'ra kon mashinalarida qo'llaniladigan elektr uskunalarini va ularning elektr yuritgichi vazifalarini, tuzilishlarini, kon mashinalari elektr uskunalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik choralari masalalarini qamraydi. Fanning asosiy maqsadi kon korxonalarida qo'llaniladigan mashina va mexanizmlarning elektr uskunalarini o'rganish.

Asosiy mavzular

  • Kon korxonalarida elektr uskunalar to'g'risida asosiy tushunchalar: Kon korxonalarida mashina va mexanizmlar elektr uskunalari va elektr yuritkichlarini ishlatish sharoitlari va ularga qo'yiladigan talablar, rivojlanish tendensiyasi, texnika va texnologiya yangiliklari.
  • Kon korxonalarida elektr yoritish: Kon korxonalarida elektr yoritishning ahamiyati. Elektr yoritish asboblari. Elektr yoritish asboblarini hisoblash va tanlash usullari.
  • Kon transport va tur gun mashinalarining elektr uskunalari: Transport mashinalarining elektr uskunalari. Konveyer transporti elektr uskunalari, Elektrovoz transporti elektr uskunalar. Ventilyatorlar, nasoslar va kompressorlarda elektr uskunalar.