Infоrmatika, infоrmatsiоn tеxnоlоgiyalar

Ushbu kitob O'zbekistondagi universitetlar uchun mo'ljallangan "Informatika va informatsion texnologiyalar" fanidan o'quv dasturidir. Unda fanning maqsadi, vazifalari, asosiy mavzulari, amaliy mashg'ulotlar, laboratoriya ishlari, talabalar mustaqil ishi va baholash mezonlari keltirilgan. Shuningdek, fanni o'qitishda foydalaniladigan adabiyotlar ro'yxati ham berilgan.

Asosiy mavzular

  • Kirish. Informatika va informatsion texnologiyalarning mazmuni: Informatika fanining maqsadi, vazifalari, talabalarning bilim, ko'nikma va malakalariga qo'yiladigan talablar, fanning boshqa fanlar bilan aloqasi va o'qitishdagi yangi texnologiyalar.
  • EHM avlodlari va ShEHMlarning asosiy qurilmalari: EHMning yaratilish tarixi, avlodlari, shaxsiy EHMning yaratilishi, asosiy bloklari, Fon-Heyman prinsipi, sistemali blok, monitor, klaviatura, xotira va qo'shimcha qurilmalar, BIOS va uni vazifasi.
  • MS DOS operatsion tizimi: MS DOS tizimi tarkibi, boshlang'ich yuklanishi, buyruq fayllari, fayllar va kataloglar, disklarning nomlanishi, MS DOSning taklifi, buyruqlarni kiritish, dastur ishini to'xtatish, MS DOSning asosiy buyruqlari.
  • Norton Commander dasturi bilan ishlash: NC imkoniyatlari, NC dasturini ishga tushirish, NC dan chiqish, DOS buyruqlarini ishga tushirish, NC panellari tarkibi, panellarni boshqarish, funksional tugmachalardan foydalanish, fayl guruhini tanlash.
  • Arxivlovchi programmalar. Kompyuter viruslari: Arxivlovchi programmalar, ularning turlari va qo'llanilishi. Viruslar, ularni aniqlash, infeksiyalash usullari, virus turlari, viruslarni aniqlash va yo'qotish, viruslarning himoyalanishi, antivirus dasturlari.
  • WINDOWS operatsion tizimi: Windows muhiti, uning imkoniyatlari, Windows foydalanuvchilarining doirasi, Windowsning ishlash shartlari, Windowsga kirish, Windowsdan chiqish, Windowsning asosiy elementlari, sichqonchaning ahamiyati.
  • MICROSOFT WORD matn muharriri: WORD matn muharririni asosiy tushunchalari tavsifi, WORD tahrirlagichining asosiy imkoniyatlari, WORD tahrirlagichini ishga tushirish va undan chiqish, WORD darchasi, menyu sarti, hujjatni yaratish va turli formatlarda saqlash.
  • MICROSOFT EXCEL jadval protsessori: Excel-jadval protsessor, maqsad va interfeysning vazifalari, dasturga kirish va chiqish, ma'lumotlarni kirgizish, tahrirlash, ma'lumot turlari, instrumentlar paneli, formulalar, ishchi sahifa, holat satri.
  • Ma'lumotlar ombori: Ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimlari (MBBT), zamonaviy MBBT turlari, yaratish, saqlash, tartiblash va ular bilan ishlash, Relaksion MBBT, ma'lumotlarni tashkil qilish turlari.
  • MS PAINT muharriri: Grafik muharrirning imkoniyatlari, Paint grafik muharririning vazifalari, Paint menyulari, grafik ko'rinishdagi axborotlarni qayta ishlash texnologiyalari.
  • Kompyuter tarmoqlari. INTERNET va elektron pochta (EP): Lokal va global kompyuter tarmoqlari, tarmoqda ishlash, Internet, mijoz-server texnologiyalari, brouzerlar, turli formatdagi fayllar bilan ishlash, tarmoqda ma'lumotlarni izlash tizimlari.
  • Algoritm haqida tushuncha: Algoritm haqida tushuncha, algoritmning asosiy hossalari, algoritmning berilish usullari, chiziqli, tarmoqlanuvchi va takrorlanuvchi algoritmlar va ularni blok sxema ko'rinishida ifodalanishi, kompyuterda masalani echish bosqichlari.
  • Dasturlash tiliga kirish. Farmoyishlar: Dasturlash tiliga kirish, dasturlash tili alifbosi, Pascal tili alfaviti, dasturning umumiy koʻrinishi, oʻzlashtirish operatori, o'qish (kiritish) protsedurasi.
  • Turbo Pascal muhitida ishlash: Turbo Pascal dasturlar paketi, Turbo Pascalga kirish, Turbo Pascal muhitining menyular sistemasi.
  • Rekurrent bogʻlanish. Case – tanlash operatori. Sikl va murakkab sikllar: Rekurrent bog'lanish, tarmoq farmoyishi yordamida siklli algoritmlarga dasturlar tuzish, Case operatorining bichimi, Case operatoriga misol.
  • Bir va ikki oʻlchovli jadvallar. Protseduralar. Funksiyalar: Jadval kattaliklar haqida tushuncha, jadval kattaliklar bichimi, jadval kattaliklarga misollar, Break va Continue standart protseduralari, ikki oʻlchovli jadval haqida.
  • TURBO PASCAL modullari: Modul to'g'risida umumiy tushunchalar, modul yaratish, modulni ishga tayyorlash, moduldan foydalanish, programma ishini boshqaruvchi protseduralar.