Biznes marketingi

Ushbu kitob iqtisodiyot, biznes va marketing sohalariga oid boʻlib, unda biznes marketingining nazariy asoslari, sanoat marketingi, ishlab chiqarish vositalari bozorida marketing, isteʼmol tovarlari marketingi, agrosanoat kompleksi marketingi, kapital qurilish obʼektlari marketingi, intellektual mahsulotlar marketingi, notijorat marketingi, bank faoliyati marketingi, qimmatli qogʻozlar bozoridagi marketing, xorijiy investitsiyalarga ega korxonalarda marketing, kichik biznesda marketing, axborot texnologiyalari sohasidagi marketing, innovatsion marketing va tashqi iqtisodiy faoliyat marketingi kabi mavzular yoritilgan.

Asosiy mavzular

  • Biznes marketingning nazariy asoslari: Biznes marketingining mohiyati va zamonaviy konsepsiyasi, biznes marketing kursining predmeti va vazifalari, biznes marketing muhiti va kursning ayrim muammolari ko'rib chiqiladi.
  • Sanoat marketingi: Sanoat marketingining xususiyatlari, sanoat marketingida integratsiya tizimi, O'zbekistonda sanoat marketingining rivojlanishi va sanoat korxonalarida marketingni tashkil etish masalalari o'rganiladi.
  • Ishlab chiqarish vositalari bozorida marketing: Ishlab chiqarish vositalari bozoridagi tovarlarning xususiyatlari, ishlab chiqarish vositalari bozori asosiy sub'ektlarining tavsifi, ishlab chiqarish vositalari marketingi, uning strategiya va taktikasi, ishlab chiqarish vositalari marketingida reklama va ishlab chiqarish vosatalari bozorining ilg'or chet el tajribasi muhokama qilinadi.
  • Iste'mol tovarlari marketingi: Iste'mol tovarlari bozorining mohiyati, iste'mol tovarlari bozorida talabni rivojlanishi, iste'mol tovarlari bozori marketingining xususiyatlari va iste'mol tovarlari bozorida taklif tadqiqoti masalalari yoritiladi.
  • Agrosanoat kompleksi marketingi: Agromarketing xususiyatlari va funksiyalari, agromarketingni boshqarish va rejalashtirish tizimi hamda agromarketing axborot tizimi ko'rib chiqiladi.
  • Kapital qurilish ob'ektlari marketingi: Kapital qurilish ob'ektlari marketingining xususiyatlari, kapital qurilish ob'ektlarining sotish faoliyatining tahlili, kapital qurilish ob'ektlari bozoridagi raqobat tahlili va kapital qurilish ob'ektlari marketingi strategiyasini ishlab chiqish jarayonlari yoritilgan.
  • Intellektual mahsulot bozorlaridagi marketing: Intellektual va ishlab chiqarish mulki, ularning mohiyati, intellektual mahsulotlar bozori va uning xususiyatlari, litsenziyaviy bitimlarni tayyorlash, rasmiylashtirish va ulardan foydalanish masalalari o'rganiladi.
  • Notijorat marketingi: Notijorat marketingining mohiyati va ahamiyati, notijorat maxsulot va notijorat sub'ektlarining marketing faoliyati hamda notijorat marketing faoliyatini strategik rejalashtirish va sub'ekt faoliyatini boshqarish kabi mavzular yoritilgan.
  • Bank faoliyati marketingi: Bank marketingining mohiyati va ahamiyati, bank marketingining shakllanishi, bank mahsuloti va uning hayotiylik davri, bank marketingini mukammallashtirishning asosiy yo'nalishlari va jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida bank tizimi faoliyatini mustahkamlash masalalari ko'rib chiqiladi.
  • Qimmatli qog'ozlar bozoridagi (QQB) marketing: Qimmatli qog'ozlar bozori marketing ob'yekti sifatida, QKB marketing strategiyasiga qo'yiladigan talablar, qimmatli qog'ozlar bozorida vaziyatni tahlil qilish va segmentatsiya xususiyatlari hamda qimmatli qog'ozlar bozoridagi marketing strategiyasi alohida turlarining xususiyatlari kabi mavzular o'rganilgan.
  • Xorijiy investitsiyalarga ega korxonalarda marketing: Xorijiy investitsiyalarga ega korxona tuzishda marketing xususiyatlari va faoliyati, Qo'shma korxonaning (QK) biznes-rejasi va marketing dasturi, Marketing dasturini ta'minlash hamda xorijiy investitsiyalarga talab va taklif masalalari ko'rib chiqiladi.
  • Kichik biznesda marketing: Kichik biznes cubektlari marketing kompleksining xususiyatlari, Kichik biznes subektlari samaradorligini yuksalishida marketingning ta'siri, Kichik biznes subektlarda marketing faoliyatini tashkiliy holati, Kichik biznes subektlari marketing muhitining shu kungi holati va Kichik biznes marketingida bashoratlash masalalari o'rganilgan.
  • Axborot texnologiyalari sohasidagi marketing: Axborot tijoriy tarqatuv predmeti sifatida, Axborotni tijoriy tarqatish texnologiyasi va industriyasi hamda Axborot marketingini tashkil qilish masalalari yoritilgan.
  • Innovatsion marketing: Innovitsion faoliyat marketingining mohiyati va o'ziga xos xususiyatlari hamda Milliy iqtisodiyotning rivojlanishida innovatsiya marketingining roli masalalari yoritilgan.
  • Tashqi iqtisodiy faoliyat marketingi: Tashqi iqtisodiy faoliyat marketingining mohiyati va ahamiyati, Tashqi iqtisodiy faoliyat marketingining o'ziga xos xususiyatlari, Tashqi iqtisodiy faoliyat marketingini rivojlantirishning muhim yo'nalishlari va Tashqi iqtisodiy faoliyat marketingini davlat tomonidan tartibga solish masalalari o'rganilgan.