Muhandislik tarmоqlari va jihоzlari

Ushbu kitob O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan tavsiya etilgan "Muhandislik tarmoqlari va jihozlari" fanidan ma'ruzalar matnidir. Kitob Namangan muhandislik pedagogika instituti talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi yo'nalishida ta'lim olayotgan talabalarga mo'ljallangan. Kitobda binolarni isitish, ventilyatsiya, suv ta'minoti va kanalizatsiya tizimlariga oid ma'lumotlar keltirilgan.

Asosiy mavzular

  • Muhandislik tarmoqlari jihozlari faniga kirish: Fanning maqsad va vazifalari, asosiy tushunchalar, muhandislik tizimlarining ahamiyati, suv ta'minoti, kanalizatsiya, isitish va gaz ta'minoti tizimlarining vazifalari, ekspluatatsion tashkilotlarning vazifalari, texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlash ishlari, muhandislik tizimlariga qo'yiladigan talablar.
  • Binolarni isitish tizimlari: Isitish tizimlariga qo'yiladigan talablar, isitish uskunalarining turlari, isitish tizimlarining ishlash joyi va ularning farqi, issiqlik tashuvchilar, issiqlik manbalari, markaziy isitish tizimlari, mahalliy isitish tizimlari, isitish elementlari, suvli isitish tizimlari, bug'li isitish tizimlari, elektr bilan isitish tizimlari, ventilyatsiya tizimlari.
  • Isitish uskunalari: Isitish radiatorlari, qovurg'ali trubalar, registrlar, konvektorlar, isitish panellari, kaloriferlar, isitish agregatlari, radiatorlarni o'rnatish, issiqlik ta'minoti quvurlariga ulanish sxemalari, isitish tizimining gidravlik hisobi.
  • Ventilyatsiya tizimlari: Ventilyatsiyaning asosiy turlari, ventilyatorlar, xavoning xususiyatlari, xavo xolatining issiqlik namlik o'zgarishi protsesslari, xavo almashinuv bo'lishining asoslari, Kerakli xavo almashinuvini aniqlash. Mexanik ventilyatsiya tizimlari, markazlashgan tizimlari, maxalliy konditsioner tizimlari.