Оrgаnik kimyo
Ushbu kitob oliy o'quv yurtlari talabalari uchun mo'ljallangan organik kimyo laboratoriya mashg'ulotlari bo'yicha uslubiy qo'llanma bo'lib, unda laboratoriyada ishlash texnikasi, xavfsizlik qoidalari, organik moddalarni tozalash usullari, sinflanishi, sifat analizi, uglevodorodlar, spirtlar, efirlar, aldegidlar, ketonlar, karbon kislotalar, nitrobirikmalar, aminobirikmalar va ularning xossalari, reaksiyalari batafsil yoritilgan.
Asosiy mavzular
- Laboratoriyada ishlash texnika havfsizligi qoidalari va organik kimyo laboratoriyasida ishlash tartibi: Organik kimyo laboratoriyasida ishlashda xavfsizlik qoidalari, talablari, taqriqlashlar va uskunalar bilan ishlash tartibi
- Organik moddalarni tozalash usullari: Organik moddalarni erish, qaynash darajalarini aniqlash, haydash, erituvchilarda eritib olish (ekstraktsiya), kristallga tushirish, filtrlash kabi tozalash usullari.
- Organik moddalarning sinflanishi va ularning sifat analizi: Organik birikmalarning tuzilishiga qarab sinflanishi (asiklik, karbosiklik, geterosiklik), ularning turlari va sifat reaksiyalari orqali aniqlash usullari.
- Uglevodorodlar, ularning olinishi va xossalari: To'yingan va to'yinmagan uglevodorodlar, ularning gomologik qatorlari, izomerlanishi, kimyoviy xossalari, olinish usullari (Vyurs usuli, degidratlash, suv ta'sir ettirish).
- Uglevodorodlarning galogenli hosilalari: Galogenli hosilalarning turlari (mono-, di-, tri-, ko'p galogenli), nomlanishi, olinish usullari va qo'llanilishi.
- Spirtlar va ularning xossalari: Spirtlarning sinflanishi (bir atomli, ko'p atomli), izomerlanishi, olinish usullari (gidratlash), kimyoviy xossalari (alkogolyatlar hosil qilish, oksidlanish).
- Oddiy va murakkab efirlar: Oddiy va murakkab efirlarning tuzilishi, nomlanishi, olinish usullari (spirtlardan suv tortib olish, eterifikasiya reaksiyasi), kimyoviy xossalari (parchalanish, gidroliz).
- Aldegidlar va ularning xossalari: Aldegidlarning tuzilishi, nomlanishi, olinish usullari (spirtlarni oksidlash), kimyoviy xossalari (birikish, oksidlanish, polimerlanish), kumush-ko'zgu reaksiyasi.
- Ketonlar va ularning xossalari: Ketonlarning tuzilishi, nomlanishi, izopropil spirtidan atseton sintez qilish, yodning ishqordagi eritmasi bilan ta'siri.
- Karbon kislotalar va ularning xossalari: Karbon kislotalarning sinflanishi (bir asosli, ko'p asosli), izomerlanishi, olinish usullari (kislota tuzlariga kislotalar ta'sir ettirish), kimyoviy xossalari (tuz hosil qilish, spirtlar bilan reaksiyaga kirishish).
- Nitrobirikmalar va ularni xossalari: Nitrobirikmalarning tuzilishi, sinflanishi (alifatik, aromatik), olinish usullari (galoidalkillarga kumush nitrit ta'sir ettirish, Kanavalov reaksiyasi), kimyoviy xossalari (qaytarilish, metallar bilan almashinish).
- Aminobirikmalar va ularning xossalari: Aminobirikmalarning tuzilishi, sinflanishi (birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi), olinish usullari (nitrobirikmalarni qaytarish, galoidalkillarga ammiak ta'sir ettirish), kimyoviy xossalari (tuz hosil qilish, nitrozoaminlar hosil qilish).
- Sulfolash reaksiyalari. Sulfanil kislotani hosil qilish: Sulfolash reaksiyalari, sulfonil kislotani hosil qilish usullari.
- Diazotirlash va azoqo'shish reaksiyalari: Diazobirikmalar, azobirikmalar, metiloranj sintezi
- Trifenilmetan va antraxinon qatori bo'yagichlari: Trifenilmetan va antraxinon bo'yagichlar, antraxinondan antraxinon olish, fenolftaleinning olinishi
- Aminokislotalar.Aminokislotalarga indikatorlar ta'siri.: Aminokislotalar,Aminokislotalarga indikatorlar ta'siri. Amino sirka kislotaning misli tuzini hosil qilish.
- Uglevodlar va ularning xossalari: Uglevodlar va ularning xossalari.Mis saxaratni olinishi