O‘zbekiston tarixi

Ushbu kitob O‘zbekiston tarixini o‘rganishga bag‘ishlangan bo‘lib, qadim zamonlardan to Amir Temur va temuriylar davrigacha bo'lgan voqealarni qamrab oladi. Kitob O‘zbekistonning davlatchilik tarixi, ijtimoiy-iqtisodiy hayoti va madaniyatiga oid ma'lumotlarni o'z ichiga oladi.

Asosiy mavzular

  • KIRISH. “O’ZBEKISTON TARIXI” FANINING PREDMETI, METODOLOGIYASI, MANBALARI,DAVRLARI VA VAZIFALARI: Bu mavzuda O'zbekiston tarixining ijtimoiy fanlar tizimidagi o'rni, fanining predmeti va ob'ekti, boshqa fanlar bilan aloqasi, davrlari, metodologiyasi, vazifalari va ahamiyati yoritilgan.
  • O'RTA OSIYO-ODAMZODNING ILK AJDODI MAKONLARIDAN BIRI.: Mavzuda sivilizatsiya tushunchasi, O'rta Osiyoning odamzodning ilk ajdodi makonlaridan biri ekanligi, ibtidoiy jamoa davri va uning davrlashtirilishi, qadimgi odamlarning mashg'ulotlari va diniy e'tiqodlari haqida ma'lumot beriladi.
  • O'RTA OSIYO HUDUDIDA TOSH DAVRI.: O'rta Osiyoda so'nggi paleolit davri, mezolit davri, neolit davri va O'zbekiston hududida eneolit va bronza davri, dehqonchilikning vujudga kelishi va xo'jalik madaniyati haqida so'z yuritiladi.
  • IBTIDOIY JAMOA TUZUMINING YEMIRILISHI VA UNING SABABLARI.: So'nggi bronza davri madaniyatlari, temirning kashf etilishi, O'rta Osiyoda ilk shaharlarning vujudga kelishi va ijtimoiy tabaqalanishning boshlanishi kabi masalalar ko'rib chiqiladi.
  • «AVESTO»-O'ZBEKISTON TARIXI O'RGANISHDA MUHIM MANBA SIFATIDA: Zardushtiylik e'tiqodining vujudga kelishi, tarqalishi, uning O'rta Osiyo xalqlari ma'naviy hayotiga ta'siri, Avesto kitobi va undagi tarixiy ma'lumotlar, ijtimoiy tuzumning aks etishi kabi savollar yoritilgan.
  • O'RTA OSIYODAGI ILK DAVLAT UYUSHMALARI.: Katta Xorazm davlati, Qadimgi Baqtriya davlati ,Qadimgi Sug'diyona konfederasiyasi va O'rta Osiyoning eng qadimgi xalqlari haqida ma'lumotlar beriladi.
  • MARKAZIY OSIYO XALQLARINING ERON AHAMONIYLARIGA QARSHI OZODLIK KURASHLARI.: Ahamoniylar davlatining kuchayishi, Ahamoniylar bosqini va unga qarshi kurash, To'maris va Shiroq jasorati,Markaziy Osiyo ahamoniylar davlati tarkibida masalalari yoritilgan.
  • MARKAZIY OSIYO XALQLARINING YUNON-MAKEDON BOSQINCHILARIGA QARSHI KURASHI.: Iskandar Zulqarnaynning yurishlari,Markaziy Osiyo Salavkiylar davlati tarkibida,Parfiya davlati va Yunon-Baqtriya podsholigi haqida ma'lumotlar beriladi.
  • QANG' VA XORAZM DAVLATILARI.QADIMGI FARG'ONA PODSHOLIGI (PARKANA,DAVAN) VA KUSHON DAVLATI.: Bu mavzuda Qang' va Xorazm davlatlarining tashkil topishi, hududlari, iqtisodiy hayoti, madaniyati, tashqi va ichki siyosati, Qadimgi Farg'ona davlati, Kushon davlati, Kushon podsholigining barham topishi kabi savollar ko'rib chiqiladi.
  • BUYUK IPAK YO'LI VA UNING TARIXIY AHAMIYATI.: Qadimda vujudga kelgan madaniy o'choqlar va ularning iqtisodiy aloqalarini bolashga ko'rsatgan taʼsiri, O'rta Osiyoning Xitoy bilan iqtisodiy-madaniy aloqalari, O'rta Osiyoning janubidan o'tgan qadimgi aloqa yo'llari va uning taraqqiyot yo'nalishlari, Markaziy Osiyo xalqlarining siyosiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyotida savdo yo'llarining roli haqida ma'lumotlar beriladi.
  • O'RTA OSIYODA ILK FEODAL MUNOSABATLARNING SHAKLLANISHI (V-VIII ASRLAR). XORAZM, XIONIYLAR VA KIDARIYLAR DAVLATLARI.: Feodal munosabatlarning o'ziga xos xususiyatlari, Xioniylar va kidariylar haqidagi yozma manbalar, Xioniylar,kidariylar va sosoniylar o'rtasidagi ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy munosabatlar haqida ma'lumotlar beriladi.
  • EFTALIYLAR DAVLATI.: Milodiy V asr 1-yarmida O'rta Osiyodagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat,Eftaliylar davlatining vujudga kelishi, eftaliylar davrida ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayot, diniy munosabatlar,Eftaliylar davlatining inqirozga uchrashi va barham topishi haqida ma'lumotlar beriladi.
  • TURK XOQONLIGI: O'rta Osiyoga turkiy qabilalarni kirib kelishi va xoqonlikni tashkil topishi ,Bumin va Istami hoqonlar faoliyati va VI asrni ikkinchi yarmida ijtimoiy-siyosiy vaziyat haqida ma'lumot beriladi.
  • O'RTA OSIYONING ARABLAR TOMONIDAN FATH ETILISHI. ARABLAR HUKMRONLIGI DAVRIDA MOVAROUNNAHR.: Arab xalifaliging tashkil topishi, Muhammad (S.A.V)ning faoliyati, “Xulafoi roshidin- to'g'ri yo'ldan borgan xalifalar” faoliyati, O'rta Osiyoga yurish haqida ma'lumotlar keltiriladi
  • IX-X ASRLARDA O'RTA OSIYODA MUSTAQIL FEODAL DAVLATLARNING Vujudga kelishi.: IX-X asrlarda O'rta Osiyodagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat,Arablar hukmronligining zaiflashuvi va uning sabablari, qarluqlar va O'g'uzlar davlatlari haqida so'z yuritiladi
  • G'AZNAVIYLAR DAVLATI VA SALJUQIYLAR SALTANATI.: Somoniylar sulolasining zaiflashuvi va ijtimoiy-siyosiy vaziyatning keskinlashuvi, G'aznaviylar davlatining tashkil topishi, Xorazmning bosib olinishi haqida so'z yuritiladi
  • QORAXONIYLAR DAVLATI.: Davlatning tashkil topishi, Qoraxoniylarning Movarounnahrni bosib olishi. Davlat va ma'muriy boshqaruvi, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayot haqida ma'lumotlar beriladi
  • MO'G'ULLAR HUKMRONLIGI DAVRIDA MOVAROUNNAHR.: CHig'atoy ulusining tashkil topishi. Ijtimoiy-iqtisodiy hayot. Ma`sudbek va Kebekxon islohotlari haqida so'z yuritiladi
  • O'RTA OSIYODA MO'G'ULLAR ZULMIGA QARSHI KURASH.: O'rta Osiyoda mo'g'ullar olib borgan ijtimoiy-iqtisodiy siyosat, vatanimiz aholisining Temur Malik, Jaloliddin Manguberdi va Najmiddin Kubro boshchiligida mo'g'ullarga qarshi kurashi.
  • AMIR TEMUR DAVLATINING TASHKIL TOPISHI.: 14-asr o'rtalarida Movarounnahrning ijtimoiy-siyosiy hayoti, Amir Temurning hokimiyat tepasiga kelishi haqida batafsil ma'lumot beriladi
  • AMIR TEMURNING HARBIY YURISHLARI.: Mavzu tarixshunosligi, Amir Temurning harbiy san'ati, 3,5,7 yillik yurishlar, Amir Temur diplomatiyasi va xalqaro aloqalar haqida hikoya qilindi.