Табиий фанлар концепцияси

Ushbu kitob tabiatshunoslik fanining asosiy tushunchalarini, rivojlanish tarixini, turli davrlardagi allomalarning fanga qo'shgan hissasini, biologiya, genetika, astronomiya, tibbiyot, ekologiya kabi sohalardagi zamonaviy bilimlarni o'z ichiga oladi. Kitob davomida talabalar tabiatshunoslikning falsafiy, ijtimoiy va texnik jihatlari bilan tanishadilar. Inson va tabiatning o'zaro munosabatlari, atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari ham keng yoritilgan.

Asosiy mavzular

  • Tabiatshunoslik rivojlanish tarixi: Fanning maqsadi, vazifalari, rivojlanish markazlari, qadimiy allomalarning qarashlari, tabiatga munosabat, Markaziy Osiyo, Qadimgi Gretsiya, Rim allomalarining fikrlari. "Avesto"da tabiat haqidagi ma'lumotlar.
  • Markaziy Osiyo mutafakkirlarining tabiatshunoslik faniga qo'shgan hissasi: Al-Xorazmiy, Al-Farg'oniy, Beruniy, Ibn Sino, Al-Forobiy, Ulug'bekning fanga qo'shgan xizmatlari, ularning matematikaga, astronomiyaga, tibbiyotga, geografiyaga oid ishlari.
  • Koinot. Yer haqida zamonaviy tushunchalar: Koinotning paydo bo'lishi, galaktikalar, metagalaktika, Quyosh sistemasi, Yerning kelib chiqishi haqidagi gipotezalar, biosfera va uning evolyutsiyasi.
  • Tabiatshunoslikning fizikaviy kontseptsiyasi: Fizika fanining evolyutsiyasi, Nyuton, Galiley, Eynshteynning ishlari, nisbiylik nazariyasi, fazo va vaqt tushunchalari, kvant mexanikasi, kibernetika va sinergetika nazariyalari.
  • Yerda hayotning paydo bo'lishi: Hayotning paydo bo'lishi haqidagi turli tushunchalar, organik moddalarning paydo bo'lishi, biosfera evolyutsiyasi, litosfera, gidrosfera va atmosfera.
  • Hujayra nazariyasi va organizmlar tuzilishi: Hujayraning kashf etilishi, hujayrani o'rganish usullari, hayvon va o'simlik hujayralarining tuzilishi, organoidlar, hujayraning ahamiyati.
  • Genetika, irsiyat, o'zgaruvchanlik: Genetikaning rivojlanishi, irsiyat va o'zgaruvchanlik qonunlari, mutatsiya, biotehnologiya, klon, genetik kasalliklar, seleksiya.
  • Fotosintez va uning ahamiyati: Fotosintez mohiyati, biosferadagi o'rni, o'simliklarning kelib chiqish markazlari va tarqalishiga ta'sir etuvchi omillar.
  • Hozirgi zamon antropologiyasi: Antropologiya nazariyasi, odam evolyutsiyasi va bosqichlari, irqlar, irsiy kasalliklar.