Lingvistik tadqiqot mеtodologiyasi va mеtodlari
Ushbu kitob filologiya sohasidagi yosh ilmiy tadqiqotchilar, lingvistika yo'nalishidagi magistrantlar va filologiya yo'nalishidagi malaka oshirish kurslari tinglovchilari uchun mo'ljallangan. Qo'llanmada fan metodologiyasi, metafizik, dialektik, germenevtik, fenomenologik, sinergetik singari umumfalsafiy, shuningdek, tavsifiy, qiyosiy, glottoxronologik, kvantitativ, struktur kabi xususiy ilmiy metodlar haqida bahs yuritiladi.
Asosiy mavzular
- Ontologiya va gnoseologiya: Bilishning mohiyati, tabiati va imkoniyatlari, bilimning voqelikka munosabati, haqiqiyligi va ishonchliligini aniqlash yo'llari
- Empirik va ratsional bilish: Bilishning turlari, empirik bilishning o'rni, ratsional bilish imkoniyatlari, empirik va ratsional bilish munosabati
- Fan va ilmiy bilim: Ilmiy bilimning fan asosi ekanligi, fanning ta'rifi, fanlar tasnifi va tizimining lingvistika fanidagi o'rni
- Ilmiy tadqiqot metodologiyasi va metodlari: Metod, metodologiya, ilmiy tadqiqot metodologiyasi, bilish usullari, fanning umumiy va xususiy metodologiyasi
- Umumiy va xususiy ilmiy metodlar: Analiz, sintez, mavhumlashtirish, umumlashtirish, induksiya, deduksiya, analogiya, modellashtirish, sistem yondashuv kabi usullar
- Ilmiy tadqiqot tamoyillari: Tamoyil tushunchasi, tarixiylik tamoyili, ziddiyat tamoyili
- Ilmiy tadqiqot aspektlari: Aspekt tushunchasi, akustik, artikulyatsion, funksional, semosiologik, onomosiologik, struktur, stilistik aspektlar
- Umumiy va xususiy metodlar hamkorligi: Umumiy va xususiy metodlar munosabati, dialektik metod, lingvistik birliklarning serqirraliligi
- Tilni o'rganish metodlari: Tavsifiy metod, qiyosiy metod
- Tarixiy-genetik metod: Tarixiy-genetik metod, tillarning qarindoshligi, rekonstruksiya
- Glottoxronologik metod: Glottoxronologik metod, glottogenez nazariyasi, leksikostatistik, paleonevrologiya
- Kvantitativ metod: Kvantitativ metod, lisoniy tiplar, indekslar, sintez, agglyutinatsiya
- Struktur metod: Strukturalizm, struktur metod, funktsionallik tamoyili, sinxroniya va diaxroniya
- Glossematika: Glossemantika, struktural lingvistika, deduktivlik va empirik tamoyil, munosabat elementlari
- Distributiv tahlil metodi: Deskriptiv tilshunoslik, segmentatsiya, substitutsiya, distributiv tahlil, distributsiya modellari
- Bevosita ishtirokchilar metodi: Bevosita ishtirokchilar, konstruksiya, graduallik, simvol
- Transformatsiya metodi: Transformatsion metod, generativ lingvistika, yadro gap, transformatsiya qoidasi
- Oppozitiv metod: Oppozitiv metod, fonologik muhim zidlanishlar, fonologik mundarija