Ayrim ko`katlarnng antimutagen ta`siri

Ushbu malakaviy bitiruv ishi O`zbekiston tabiiy sharoitlarida o`stiriladigan ayrim ko`katlarning kimyoviy va biologik xossalarini, ularning biosferadagi ahamiyatini o'rganishga bag`ishlangan. Ishda ko`katlarning antimutagen ta'siri, genofondni saqlashdagi o`rni, turli mutagenlarga qarshi kurash xususiyatlari tadqiq etilgan. Xususan, petrushka ekstraktining antimutagenlik xususiyatlari, piyoz urug`lariga ta'siri, xromosom o`zgarishlarining oldini olish mexanizmlari laboratoriya sharoitida o`rganilgan. Ish natijalari qishloq xo`jaligi, tibbiyot va farmasftika sanoatida qo`llash uchun tavsiyalar ishlab chiqishga qaratilgan.

Asosiy mavzular

  • Antimutagenlar va ularning ta'siri: Antimutagen moddalarning turlari, ta'sir mexanizmlari, tabiiy va sintetik antimutagenlar, ularning mutagen jarayonlariga ta'siri, DNK reparatsiyasi, antioksidantlik xususiyatlari, sabzavot va mevalarda mavjudligi
  • Mutatsion jarayon: Mutatsiya tushunchasi, turlari, evolyutsiyadagi o`rni, populyatsiyalar genetik tuzilishi, irsiy o`zgaruvchanlik, tabiiy tanlash, alohidalanish, genlar dreyfi, mutatsion yuk, genetik muvozanat, mutatsiyalanish tezligi, spontan va indutsirlangan mutatsiyalar
  • Vitaminlarning antimutagen ta'siri: Vitamin A (B-karotin), vitamin C (askorbin kislota), vitamin E (tokoferol), vitamin K (filloxinon)ning antimutagenlik xususiyatlari, ularning kimyoviy tuzilishi, biologik jarayonlardagi ishtiroki, organizmga ta'siri
  • Petrushka ekstraktining antimutagenlik xususiyatlari: Petrushka tarkibi, ajratib olish usullari, piyoz urug`lari ildiz meristemasi hujayralaridagi xromosom o`zgarishlariga ta'siri, gezagard gerbitsidi bilan birgalikdagi ta'siri, xromosom aberratsiyalarning turlari
  • Tadqiqot metodlari: Laboratoriya sharoitlari, ishlatilgan materiallar (piyoz urug`lari, gezagard gerbitsidi, petrushka ekstrakti), fiksatsiya, bo`yash, mikroskopiya, xromosom o`zgarishlarini aniqlash