Республика электр таъминоти тизимида ишлатилаётган куч трансформаторларининг таҳлили
Ushbu kitob O'zbekiston Respublikasi elektr ta'minoti tizimida ishlatiladigan kuch transformatorlarining tuzilishi, ishlash prinsiplari va ularning asosiy xususiyatlariga bag'ishlangan. Unda transformatorlarning asosiy qismlari, ulanish sxemalari, ishlash rejimlari va ularning elektr mashinasozligidagi ahamiyati ko'rib chiqiladi. Kitob asosan elektr energetikasi sohasida tahsil olayotgan talabalar va mutaxassislar uchun mo'ljallangan bo'lib, amaliy ko'nikmalarni oshirishga qaratilgan.
Asosiy mavzular
- Transformatorlarga oid umumiy ma'lumotlar va asosiy qismlarining tuzilishi: Transformatorlarning vazifasi, qo'llanilish sohalari, tasnifi, asosiy qismlari (o'zak, o'ramlar), ularning tuzilishi, bir va uch fazali transformatorlarning farqlari, o'ram uchlarining belgilanishi va ulanish usullari.
- Salt ishlash rejimidagi elektromagnit jarayonlar va ulanish guruhlari: Uch fazali transformatorning salt ishlash rejimidagi jarayonlari, o'ramlarda hosil bo'ladigan EYUK, transformatsiya koeffitsienti, «yulduz» va «uchburchak» ulanishlaridagi EYUK, kuchlanish va toklar, ulanish guruhlarini aniqlash, ekvivalent sxemalar va vektor diagrammalari.
- Simmetrik qisqa tutashuv rejimidagi fizik jarayonlar: Keltirilgan transformator va uning almashinuv sxemasi, qisqa tutashuv tajribasi, xarakteristikalari, bu rejimga oid parametrlar, vektor diagrammalari.
- Simmetrik yuklama bilan ishlashidagi fizik jarayonlar: Uch fazali transformatorda simmetrik yuklama bilan ishlash jarayoni, turli yuklamalardagi vektor diagrammalari, tashqi xarakteristika, kuchlanish o'zgarishi va unga ta'sir etuvchi omillar, kuchlanishni rostlash usullari, F.I.K.
- Paralel ishlash: Uch fazali transformatorlarning paralel ishlash shartlari, shartlarning buzilishi, tenglashtiruvchi toklar.
- Zamonaviy va maxsus transformatorlar: Elektr o'lchash sxemalarida ishlatiladigan, chastota va fazalar sonini o'zgartiruvchi, maxsus transformatorlar.
- Transformatorlar, elektr mashinalarining ishlab chiqarishdagi ahamiyati: Transformatorlarning ko'p tarmoqli xo'jalikdagi roli, ularning elektro-texnologik uskunalarida elektr energiya bilan sifatli ta'minlashning muhimligi, sanoatning texnologik jarayonlaridagi ahamiyati.
- Transformatorning tuzilishi: Transformatorning umumiy ko'rinishi: 1- chulg'amlar, 2- magnit o'zak, 3–termosifon filrt, 4- izolyator, 5-radiatorli bak, 6-gaz chiqaruvchi truba, 7-kengaytiruvchi bak.