Umumiy va xususiy sitologiya

Ushbu kitob tibbiyot oliy o'quv yurtlari magistrlari va iqtidorli talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, sitologiya fanining asosiy tushunchalari, hujayra tuzilishi, hayot sikli, genetik axborot oqimi, turli to'qimalarning mikroskopik tuzilishi kabi mavzularni o'z ichiga oladi. Qo'llanma nazariy bilimlarni amaliy mashg'ulotlar bilan uyg'unlashtirishga qaratilgan.

Asosiy mavzular

  • Umumiy sitologiya: Hujayralarning tuzilishi va sitoplazma: Hujayraning umumiy tuzilishi, plazmolemma, sitoplazma, organellalar (membranali va membranasiz), xujayra ichki kiritmalari, xujayra shakllari va ularning funksiyalari.
  • Hujayra yadrosining tuzilishi. Hujayrada axborot oqimi: Yadro qobig'i, xromatin, yadrocha, yadro shirasi, xromosomalarning tuzilishi, genetik axborot oqimi va ahamiyati.
  • Hujayraning hayot sikli. Mitoz va Meyoz: Hujayra siklining bosqichlari (interfaza, mitoz), mitoz va meyozning biologik ahamiyati, xromosomalarning o'zgarishlari.
  • Moddalar va energiya almashinuvi. Ta'sirlanuvchanlik: Metabolizm (assimilyasiya va dissimilyasiya), autotrof va geterotrof organizmlar, ta'sirlanuvchanlik turlari va ahamiyati.
  • Xususiy sitologiya: So'ruvchi, sekretor va transport hujayralar: So'ruvchi hujayralarning tuzilishi va funksiyasi, sekretor hujayralar (ekzokrinotsit, endokrinotsit), transport hujayralar (eritrotsitlar) va ularning xususiyatlari.
  • Qisqaruvchi, impuls hosil qiluvchi va impuls o'tkazuvchi hujayralar: Silliq miotsitlar, ko'ndalang-targ'il mushak hujayralari, yurak mushak hujayralari (kardiomiotsitlar), nerv hujayralari (neyronlar) va ularning vazifalari.
  • Immunitet jarayonlarining morfologik asoslari: Immunitet hujayralari (limfotsitlar, makrofaglar), ularning turlari, tuzilishi va funksiyalari, gumoral va xujayraviy immunitet.
  • Jinsiy hujayralar: Ovogenez va spermatogenez jarayonlari, tuxum hujayrasi va spermatozoid tuzilishi va funksiyalari.