Elektonika
Ushbu kitob "Elektronika I" fanidan amaliy mashg'ulotlar to'plamini o'z ichiga oladi. To'plamda diodlar, tranzistorlar va operatsion kuchaytirgichlar kabi elektron komponentlarning xususiyatlari va qo'llanilishiga bag'ishlangan amaliy mashg'ulotlar keltirilgan. Har bir mashg'ulot nazariy ma'lumotlar, sxemalar, bajarish tartibi va baholash savollarini o'z ichiga oladi. Kitob o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari o'quvchilari uchun mo'ljallangan.
Asosiy mavzular
- Klapan effekti: Diodning klapan sifatidagi faoliyatini ko'rsatish. To'g'ri va teskari kuchlanishlarda diodning xususiyatlarini o'rganish.
- Rektifikatsiya effekti: O'zgaruvchan kuchlanishni to'g'rilash usulini ko'rsatish. O'zgaruvchan kuchlanishli tok manbai va osillograf yordamida chiqish kuchlanishini o'lchash.
- Tranzistorni qayta ulagich sifatida foydalanish: Tranzistorning umumiy emitter sxemasida qayta ulagich (switch) sifatidagi faoliyatini o'rganish. Tranzistorning turli holatlarini (o'tkazmayotgan, to'liq o'tkazayotgan) tahlil qilish.
- Emitterning teskari aloqasiz umumiy sxemasi: Emitterning umumiy sxemasi yordamida signalning kuchaytirilishini tadqiq qilish.
- Bipolyar tranzistorli o'zgarmas tok manbai: O'zgarmas tok manbai sxemasining xususiyatlarini ko'rib chiqish. Maksimum va minimum toklarni aniqlash.
- FET maydon tranzistorli o'zgarmas tok manbai: Maydon tranzistorli o'zgarmas tok manbai sxemasining xususiyatlarini ko'rib chiqish. Maksimum va minimum toklarni aniqlash.
- Infra-qizil indikatorlar: Infra-qizil indikatorlarning o'tkazuvchi va o'tkazmaydigan xususiyatlarini dinamik ravishda o'rganish.
- Fototranzistor: Fototranzistordagi kollektor-emitter kuchlanishining yorug'lik indikatoridagi tokka bog'liqligini ko'rsatish.
- Optron: Vilka tipidagi yorug'lik to'siqlaridan foydalanish. Qayta ulanish ta'sirini va sxemaning cheklovchi chastotalarini kuzatish.
- Vilka tipidagi yorug'lik to'sig'i: Vilka tipidagi yorug'lik to'sig'ining amaldagi funktsional imkoniyatlarini ko'rib chiqish. Sezgirlikni sozlash.
- Sig'im ulanishli ikki kaskadli kuchaytirgich: Birinchi kaskadning chiqishi ikkinchisining kirishiga kondensator orqali bog'langan ikki kaskadli kuchaytirgichning amaliyotini o'rganish.
- Sig'imli ulangan ikki kaskadli kuch-chning ch. reaktsiyasi: Ikki terskari aloqali sxema chastota reaktsiyalarini ko'rib chiqish. O'tkazish polosasini aniqlash.
- DC sxemalaridagi inverslashtiruvchi operatsion kuchaytirgichlar: Inverslashtiruvchi kuchaytirgichlardagi kirish va chiqish nisbatlarini namoyish qilish. Kuchayishni hisoblash formulasi.
- AC sxemalaridagi inverslashtiruvchi operatsion kuchaytirgichlar: O'zgaruvchan tok sxemalaridagi operatsion kuchaytirgichlar kirish va chiqish kuchlanishlari o'rtasidagi munosabatni ko'rsatish.
- DC sxemasidagi inverslashtirmaydigan operatsion kuchaytirgichlar: Inverslashtirmaydigan kuchaytirgichlardagi kirish va chiqish munosabatlarini namoyish qilish. Kuchayishni hisoblash formulasi.