Kasb-hunar kollejlarida o’zgarmas va o’zgaruvchan tokka oid bilimlarni berish va unga oid tajriba ishlari

Ushbu bitiruv malakaviy ishda kasb-hunar kollejlarida elektrotexnika va elektr ta'limi sohasidagi nazariy bilimlar mustahkamlanadi. O'zgarmas va o'zgaruvchan tok elektr zanjirlari tajriba orqali batafsil o'rganiladi. Unda laboratoriya mashg'ulotlari misollari keltirilgan. Talabalarning mehnatini yengillashtirish va malakalarni tezroq egallashlari uchun har bir laboratoriya ishining nazariy qismi talab doirasida mufassal bayon etilgan.

Asosiy mavzular

  • O'zgarmas tok elektr zanjirlari: Elektr toki haqida tushuncha, tok kuchi, tok zichligi, begona kuchlar, elektr yurituvchi kuch, kuchlanish, Om qonuni, qarshiliklarni ulash sxemalari
  • O'zgaruvchan tok zanjirlari: O'zgaruvchan tokni hosil qilish, o'zgaruvchan tokning tavsiflari (davr, chastota, tsiklik chastota, amplituda qiymati, effektiv qiymati, faza), zanjirda aktiv va sig'im qarshiliklar, induktiv qarshilik, reaktiv qarshilik
  • Mehnat muhofazasi va yong'in xavfsizligi: Xavfsizlik sistemasi talablari, odam organizmiga tokning ta'siri, tokdan shikastlanganlarga birinchi yordam ko'rsatish, sun'iy nafas oldirish, yurak massaji, yong'in xavfsizligini ta'minlash choralari