Fizikaviy kimyo
Ushbu kitob fizikaviy kimyo fanining asosiy tushunchalari, qonunlari va nazariyalarini o'rganishga bag'ishlangan. Unda termodinamika, statistik termodinamika, muvozanat jarayonlari, eritmalar, elektrokimyo kabi sohalar batafsil yoritilgan. Kitob oliy o'quv yurtlari talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, ularga fizikaviy kimyoning nazariy asoslarini chuqur o'zlashtirishga yordam beradi.
Asosiy mavzular
- Kimyoviy termodinamika: Termodinamikaning asosiy qonunlari, termokimyo, Gess qonuni, Kirxgof qonuni, termodinamik potensiallar, qaytar va qaytmas jarayonlar, entropiya, termodinamikaning ikkinchi qonuni, Puasson tenglamalari, termik koeffitsientlar, kimyoviy muvozanat, Guldberg-Vaage qonuni, ta'sir etuvchi massalar qonuni.
- Statistik termodinamika elementlari: Makro va mikroholatlar, termodinamik ehtimollik, fazaviy fazo tushunchasi, Boltsman taqsimoti, holatlar bo'yicha yig'indi, termodinamik funksiyalarning holatlar bo'yicha bog'liqligi.
- Nomuvozanat jarayonlar termodinamikasi elementlari: Oqim va umumlashgan kuchlar, kompensatsiyalangan issiqlik, entropiyaning hosil bo'lish tezligi, mahalliy muvozanatlar, Onzagerning o'zarolik munosabatlari, konpensatsiyalanmagan issiqlikning termodinamik funksiyalar o'zgarishi bilan bog'liqligi, kimyoviy o'zgaruvchi, kimyoviy moyillik va termodinamikaning 1-qonuni.
- Gomogen va geterogen muvozanatlar: Faza, komponent, komponentlar soni, erkinlik darajasi tushunchalari, Gibbsning fazalar qoidasi, bug'lanish, sublimatlanish, suyuqlanish, birinchi va ikkinchi tur fazaviy o'tishlar, Erenfest tenglamasi, kongruent va inkongruent suyuqlanuvchi kimyoviy birikmalar, qattiq eritmali sistemalar, Konovalov qonunlari, azeotrop aralashmalar.
- Eritmalar termodinamikasi: Partsial molyar kattaliklar, kimyoviy potensial, Gibbs-Dyugem tenglamalari, ideal va noideal eritmalar, Raul va Genri qonunlari, ebulioskopik va krioskopik qonunlar, diffuziya, osmos, osmotik bosim qonunlari, taqsimlanish koeffitsienti, ekstraksiya.
- Elektrolit eritmalar: Arrenius nazariyasi, kuchli elektrolit eritmalarining termodinamikasi, elektrostatik nazariyasi, elektr o'tkazuvchanligi, solishtirma elektr o'tkazuvchanlik, ekvivalent elektr o'tkazuvchanlik, ionlarning harakati, kislota-asos nazariyasi.
- Elektr yurituvchi kuch: Elektrod potensiali, galvanik element, Gibbs-Gelmgols tenglamasi, Nernst tenglamasi, diffuzion potensial, oksidlanish-qaytarilish potentsiali.
- Elektrokimyoviy kinetika asoslari: Elektrokimyoviy reaksiyalar, qutblanish, zaryadsizlanish-ionlanish, Tafel tenglamasi.