Robototexnik tizimlar va komplekslar

Ushbu kitob robototexnika tizimlarining asoslari, turlari va ularning avtomobilsozlikda qo'llanilishi haqida ma'lumot beradi. Kitobda robototexnika komplekslarining tuzilishi, elementlari, boshqarish usullari, hamda ularni ishlab chiqarish jarayonlarida qo'llash masalalari ko'rib chiqiladi.

Asosiy mavzular

  • Robotlar va robototexnika asoslari: Robotning ta'rifi, funksiyalari, imkoniyatlari va avtomatik sistemalardan farqi. Robot texnikasiga oid atamalar va sinflanishi.
  • Robot texnikasining asosiy elementlari va boshqarish usullari: Robotning tarkibiy qismlari: manipulyator, harakatlanish qurilmasi, boshqarish qurilmasi. Boshqarish usullari: programmali, adaptiv va intellektual boshqarish.
  • Sanoat robotlari va robototexnika komplekslari: Robototexnika komplekslarining asosiy turlari: texnologik uyalar, bo'linmalar, liniyalar. Ularga qo'yiladigan talablar va avtomobilsozlikda ishlatilishi.
  • Detallarga ishlov berish robototexnika komplekslari: Robotlar yordamida detallarga mexanik ishlov berish, presslash, bolg'alash, quyish, qoplama berish jarayonlari.
  • Payvandlash robot texnik komplekslari: Nuqtali kontakt va elektr yoyi bilan payvandlash jarayonlarini avtomatlashtirish.
  • Detal va tayyor mahsulotni ko'tarish va tashish komplekslar: Mobil robototexnik sistemalar (MRS) vazifasi, talablari, tasnifi.
  • Intellektual robot komplekslari: Intellektual robototexnika sistemalarining asosiy tushunchalari, elementlari va ishlash prinsipi. Bilimlar bazasi, qaror qabul qilish.