Astronomiya
Ushbu kitob astronomiya fanini o'rganish uchun mo'ljallangan bo'lib, unda yulduzlar, sayyoralar, galaktikalar va Koinotning tuzilishi, evolyutsiyasi kabi asosiy tushunchalar batafsil yoritilgan. Kitobda nazariy ma'lumotlar bilan bir qatorda, amaliy kuzatishlar, hisob-kitob usullari ham keltirilgan.
Asosiy mavzular
- Yulduzlar olami va uning sutkalik ko'rinma aylanishi: Yulduzlarning xususiyatlari, turkumlari, yorqinligi, osmon sferasi, zenit, gorizont, meridian kabi tushunchalar, shuningdek, yulduzlarning sutkalik harakati va koordinatalari haqida ma'lumot beriladi.
- Quyosh - eng yaqin yulduz: Quyoshning tuzilishi, atmosferasi, nurlanishi, aktivligi va Yerga ta'siri, shuningdek, Quyosh sistemasidagi boshqa jismlar haqida ma'lumotlar keltirilgan.
- Planetalar: Quyosh sistemasining tarkibi, planetalarning fizik xususiyatlari, harakati, yo'ldoshlari, konfigratsiyalari va ularning o'zaro ta'siri batafsil yoritilgan.
- Koinotning tuzilishi va evolyutsiyasi: Galaktikalar, ularning tuzilishi, klassifikatsiyasi, Koinotning kengayishi, relikt nurlanish, qora modda, qora tuynuklar va Koinotning kelajagi haqidagi zamonaviy tasavvurlar bayon etilgan.
- Vaqtni o'lchash: Vaqtni o'lchash usullari, kalendarlar, vaqt tenglamasi, Oy fazalari, Quyosh va Oy tutilishi va asronomik kuzatishlar asosida joyning geografik kengligini aniqlash usullari keltirilgan.
- Olam tuzulishi xaqida gileosentrik ta'limot: Quyosh sistemasining tuzilishi to'g'risidagi tasavvurlarning rivojlanishi, Olam tuzilishining geliotsentrik nazariyasi haqida ma'lumot berilgan.
- Kepler qonunlari: Osmon jismlarining massalarini xisoblash, Sutkalik parallaks va Quyosh sistemasi jismlarigacha masofalarni xisoblash usullari yoritilgan.