Radiotexnik zanjirlar va signallar

Ushbu kitob radiotexnika zanjirlari va signallari faniga oid tajriba ishlarini bajarish uchun uslubiy qo'llanma bo'lib, unda radiotexnik zanjirlarni tekshirish, tavsiflarini olish va parametrlarini aniqlash uslublari keltirilgan.

Asosiy mavzular

  • Tebranish konturlarini tekshirish: Ketma-ket, parallel va bog'langan tebranma konturlarning rezonans tavsiflarini olish va analiz qilish; tebranma konturlarni sozlash uchun dastlabki bilimlarni egallash.
  • Tovush chastotasi kuchaytirgichlarida teskari aloqalarni tekshirish: Ikki kaskadli tovush chastotasi kuchaytirgichining ishlashiga teskari aloqalarning ta'sirlarini o'rganish.
  • Amplituda boʻyicha modulyasiyalash sxemasini tekshirish: AM tebranishlarni olish prinsipini oʻrganish.
  • Amplituda boʻyicha detektor va oraliq chastotali kuchaytirgichlarni tekshirish: Yuklamasida yakka va bog'langan konturlardan iborat oraliq chastotali kuchaytirgichlar kaskadlarining ishlash prinsipini oʻrganish, tanlovchi kuchaytirgichlarni sozlash yo'llari bilan tanishish, amplituda boʻyicha detektorning sxemasini tekshirish.
  • Amplituda boʻyicha detektor va chastota oʻzgartirgichini tekshirish: Chastota oʻzgartirgichi va amplituda boʻyicha kuchlanishi ikki barobar oshiruvchi detektorlarning ishlash prinsipini oʻrganish, hamda chastota oʻzgartirgichini sozlash usullarini qoʻlga kiritish.
  • Chastota boʻyicha detektorni tekshirish: Chastota boʻyicha detektorning ishlash prinsipini oʻrganish, hamda uning amplituda - chastota tavsifini olish va sozlash jarayonini bilib olish.
  • RC-generatorni tekshirish: Ikki kaskadli RC-generatorning ishlash prinsipini oʻrganish; uning oʻz-o'zidan qoʻzgʻalish shartlarini aniqlash va chiqish signalini minimal nochiziqli buzilishlar bilan olish.
  • LC- generatorni tekshirish: Induktiv teskari aloqali avtogeneratorning ishlash prinsipini oʻrganish, soʻnmas elektr tebranishlarni olish uchun shartlarni tajriba yoʻli orqali aniqlash.