Bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi

Ushbu kitob maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyachilari, ota-onalar va bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi faniga qiziquvchi barcha shaxslar uchun mo'ljallangan. Kitobda bolalar organizmining tuzilishi, funktsiyalari, yoshga xos xususiyatlari, gigiyena qoidalari va sog'lomlashtirish masalalari batafsil yoritilgan. Shuningdek, kitobda turli kasalliklar va ularning oldini olish choralari haqida ma'lumotlar keltirilgan. Kitobning maqsadi - o'quvchilarga bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi bo'yicha ilmiy-uslubiy bilim berish, ularning salomatligini saqlash va mustahkamlashga ko'maklashishdan iborat.

Asosiy mavzular

  • Bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi fanining maqsadi, vazifasi, ahamiyati va rivojlanish tarixi: Fanning predmeti, ahamiyati, boshqa fanlar bilan aloqasi, tekshirish usullari va rivojlanish tarixi. Bola organizmining tuzilishi, faoliyati, o'sishi va rivojlanish qonuniyatlari, sog'lom turmush tarzi masalalari.
  • Organizm va muhit: Irsiyat, uning sitologik asoslari, irsiy kasalliklar, irsiyat va muhitning o'zaro bog'liqligi. Hujayra tuzilishi va funktsiyalari, xromosomalar va genlar haqida ma'lumotlar.
  • Bolalar o`sishi va rivojlanishining umumiy qonuniyatlari: O`sish va rivojlanishning miqdoriy va sifat ko`rsatkichlari, umumiy qonuniyatlari, akseleratsiya, yosh davrlarining ta'rifi. Organizmdagi notekislik, uzluksizlik, geteroxronik jarayonlar.
  • Nerv sistemasining umumiy tuzilishi va fiziologiyasi: Nerv sistemasining ahamiyati, tuzilishi, nerv tolalarining xususiyatlari, nerv markazlari, nerv tizimi bo`limlari, bosh miya yarim sharlari, shartli va shartsiz reflekslar, refleks turlari, tormozlanishi.
  • Markaziy nerv tizimining tuzilishi, fizioldogiyasi va yoshga oid xususiyatlari: Orqa miya, bosh miya, uzunchoq miya, Varoliyev ko`prigi, miyachaning tuzilishi va funktsiyalari. O`rta va oraliq miyaning tuzilishi, funktsiyalari va yoshga xos xususiyatlari. Vegetetiv nerv sistemasining tuzilishi va funktsiyalari
  • Bosh miya katta yarim sharlarining tuzilishi va yoshga oid xususiyatlari: Bosh miya katta yarim sharlarining tuzilishi, funktsiyalari, shartli reflekslar, shartli refleksni hosil qilish usuli, yuqori tartibli shartli reflekslar, shartli reflekslarni tormozlanishi.
  • Oliy nerv faoliyatining yosh xususiyatlari: Oliy nerv faoliyati haqida tushuncha, birinchi va ikkinchi signal sistemasi, nutq funktsiyasining rivojlanishi, tipologik hususiyatlari, dinamik stereotip.
  • Nerv tizimining gigiyenasi: Charchash, o`ta charchash, ularni oldini olish, asab bo`zilishi, uyqu va uyqu gigiyenasi.
  • Sezgi organlari – analizatorlarning yosh xususiyatlari va gigiyenasi: Analizatorlarning ahamiyati, qismlari, ko`rish organining, eshitish organining, vestibulyar organining yoshga xos xususiyatlari va gigiyenasi, teri, hid bilish va ta'm bilish organlarining umumiy tuzilishi va yoshga xos xususiyatlari.
  • Tayanch harakat apparatning tuzilishi va yoshga oid xususiyatlari: Tayanch-harakat apparatning ahamiyati, suyaklarning tuzilishi va xossalari, o`sishi va rivojlanishi, bosh skeletining, umurtqa pog'onasining, ko`krak qafasining, qo`l skeletining, oyoq skeletining yoshga oid xususiyatlari. Skelet muskullarining tuzilishi va funktsiyasi.
  • Qonning tuzilishi, funktsiyalari va yoshga oid xususiyatlari: Qonning ahamiyati, tuzilishi, yoshga oid xususiyatlari, aylanishining ahamiyati, katta va kichik qon aylanish doirasi, yurakning tuzilishi, aylanishining yoshga oid xususiyatlari, puls, qon bosimi, aylanishini boshqarilishi.
  • Nafas olish organlarining yoshga xos xususiyatlari: Nafas olishining ahamiyati, gazlar almashinuvi mexanizmi, nafas olish organlarining tuzilishi (burun bo`shlig`i, hiqildoq, traxeya, bronxlar va o`pkalar), o`pka hujayralari alviollalarda gazlar almashinuvining yosh xususiyatlari, nafas olishning boshqarilishi, nafas olish gigiyenasi.
  • Ovqat hazm qilish tizimining yosh xususiyatlari va ovqatlanish gigiyenasi: Ovqat hazm qilish tizimining umumi tuzilishi, yosh xususiyatlari, organizmda modda almashinuvi, ovqatlanish gigiyenasi.
  • Ichki sekretsiya bezlari funktsiyasi va yosh hususiyatlari: Ichki sekretsiya bezlari haqida tushuncha, Ichki sekretsiya bezlarining organizm faoliyatini boshqarishdagi funktsional ahamiyati. Miya bezlari (gipofiz va epifiz) va uning funktsiyasi. Qalqasimon bez va uning funktsiyasi. Me'da osti bezlari. Buyrak usti bezlari. Jinsiy bezlar.