Tarixiy o’lkashunoslik

Ushbu kitob O'zbekistonning qadimiy tarixini sevish, uni o'rganish va yosh avlodga yetkazishga bag'ishlangan. Kitob o'lkashunoslikning ahamiyati, turlari, manbalari va rivojlanish bosqichlarini ochib beradi. Qo'llanma talabalarga O'zbekiston tarixini ilmiy asosda o'rganishga yordam beradi.

Asosiy mavzular

  • O`lkashunoslikning turlari: Ilmiy, jamoat va maktab o`lkashunosligi kabi turlari mavjud. Ularning vazifalari va o`zaro aloqadorligi ko'rsatilgan.
  • Tarixiy o`lkashunoslikning rivojlanishi: O`lkashunoslikning 1917 yilga qadar bo`lgan rivojlanishi, rus olimlarining O`rta Osiyo tarixini o`rganishdagi roli va mahalliy tarixchilikka ta'siri bayon etilgan.
  • Tarixiy o'lkashunoslikning asosiy manbalari: Arxeologik, tarixiy, san'at yodgorliklari, arxiv hujjatlari, etnografik va toponimik materiallar kabi manbalar haqida ma'lumot beriladi.
  • Mamlakatimizdagi ibtidoiy va qadimgi davrning o'rganilishi: Ibtidoiy jamoa davri, ona urug'ining rivojlanishi, kaltaminorliklar chaylasi, ota urug'i davri va qadimgi davr yodgorliklari haqida so'z yuritiladi.
  • O'lkamiz o'rta asrlar va yangi davrining o'rganilishi: Ilk o'rta asr va rivojlangan o'rta asr yodgorliklari, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar va madaniy rivojlanish jarayonlari tahlil qilinadi.
  • Toponimika – tarixiy o'lkashunoslikning asosiy manbalaridan biri: Toponimika tushunchasi, o'lka tarixini o'rganishda toponimikaga oid ma'lumotlar to'plash va ulardan foydalanish, Xorazm viloyati toponimikasidan darsda foydalanish usullari yoritiladi.
  • Tarixiy o'lkashunoslikda muzey eksponat (material)lari va o'lkashunoslik to'garaklari: O'zbekiston tarixi muzeyi, muzey turlari, muzey zallarida namoyish etilgan eksponatlar va o'lkashunoslik to'garagini tashkil etish masalalari ko'rib chiqiladi.