Geologiya va geomorfologiya asoslarI

Ushbu kitob "Geologiya va geomorfologiya asoslari" fanidan ma'ruzalar matni bo'lib, unda geologiya va geomorfologiyaning asosiy tushunchalari, Yerning tuzilishi, relyef shakllari, endogen va ekzogen jarayonlar, tektonik harakatlar, muzliklar, karst hodisalari, cho'llar va dengizlarning geologik ishlari kabi mavzular yoritilgan. Kitobda nazariy bilimlar amaliy mashg'ulot topshiriqlarini bajarish orqali yanada mustahkamlash maqsadida geografik qobiqning tarkibiy qismlariga oid vazifalar ham berilgan.

Asosiy mavzular

  • Geomorfologiya fani: Geomorfologiya fanining ob'ekti, vazifasi, tarmoqlari, tadqiqot usullari, geomorfologiya va boshqa fanlar bilan aloqasi, o'rganish ob'ektining xususiyatlari.
  • Yerning koinotdagi o'rni: Yerning koinotdagi o'rni, Quyosh sistemasining paydo bo'lishi, Yerning ichki tuzilishi va geosferalar.
  • Relef to'g'risida umumiy ma'lumot: Relef shakllari va elementlari, morfometriyasi va morfografiyasi, relef shakllari tasnifi, relef gipsometriyasi, relefning sifatiy xususiyatlari, mutloq va nisbiy yoshi.
  • Kartalarda relefni tasvirlash usullari: Topografik kartalarda relefni gorizontallar bilan tasvirlash, gorizontallarning xususiyatlari, relefning kesishish balandligi va qiyaliklar shkalasi.
  • Relef genezisi va yoshi: Relef endogen va ekzogen jarayonlarining oʻzaro aloqasi natijasida shakllanishi, relef yoshini aniqlash usullari.
  • Relef hosil qiluvchi omillar: Endogen va ekzogen jarayonlarga ta'sir ko'rsatuvchi geologo-geografik omillar, er po'stini tashkil qiluvchi tog' jinslari, geologik strukturalar va iqlimiy sharoit.
  • Geoxronologiya shkalasi va Yerning yoshini aniqlash: Yer tarixida togʻ hosil boʻlishining asosiy bosqichlari, kembriygacha boʻlgan, baykal, gertsin, kimmeriy, alp burmalanishlari.
  • Minerallar va togʻ jinslari: Tog' jinslarining fizik tasnifi, xususiyatlari va ularning relef hosil boʻlishidagi roli.
  • Endogen jarayonlar: Tektonik harakatlar, plitalarning siljishi, Yer yuzasidagi buzilishlar.
  • Magmatizm, metamorfizm va zilzila: Magmatizm, zilzilalar va relef, magmatizm va vulkanizm ta'sirida hosil boʻlgan shakllar.
  • Yer po'stining rivojlanish qonuniyatlari: Planetar relef shakllari, yer yuzasining endogen relefi, materiklar va okeanlarning geologik tuzilishi.
  • Ekzogen jarayonlar: Nurash va relef. Shamolning geologik ishi, ekzogen jarayonlar va relef shakllari.
  • YOnbag'irlar va relef: YOnbag'irlar, yonbag'ir jarayonlari va yonbag'irlar relefi, qulashlar va tosh oqimlari, surilishlar.
  • Oqar suvlarning geologik ishi: Flyuvial relef shakllari, daryo vodiysi, oʻzan, qayir va terrasalar.
  • Karst xodisasi va karst relefi: Karst hodisasi va uning hosil boʻlish sharoiti, karst relefining shakllari.
  • Glyatsial jarayonlar va muzloq relef shakllari: Glyatsial va muzloq relef shakllari, muzliklar, morenalar, karlar, tsirklar, troglar.
  • Qirg'oqlar relefi: Dengiz va okean suvlari ta'sirida hosil bo'ladigan relef shakllari.
  • Dengiz va okeanlarning geologik ishi: Okean tubining relefi, chuqurliklar, cho'kmalar va tizmalar.
  • Arid o'lkalar relefi: Cho'llar va ularning termik hamda geografik tiplari, shamol eroziyasi va akkumulyatsiyasi, taqirlar.
  • Tarixiy geologiya va Yer taraqqiyotining umumiy xususiyatlari: Yerning qattiq qobigʻining paydo boʻlishi, oʻtmish hayotidan qolgan yodgorliklar.