Умумий металлургия

Ushbu kitob metallurgiya fanining o'quv dasturi bo'lib, unda metallurgiyaning mohiyati, metallarni qo'llanilishi, metallarni olish texnologiyasi, ishlatiladigan dastgohlari va boshqa texnik xususiyatlari haqida ma'lumotlar berilgan. Shuningdek, unda xom ashyodan kompleks foydalanish, chiqindisiz yangi texnologiyalar yaratish, atrof-muhitni himoya qilish muammolarini o'rganish masalalari ham ko'rib chiqiladi.

Asosiy mavzular

  • Kirish: Fanning mohiyati, rivojlanish tendentsiyalari, respublikadagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar natijalari va hududiy muammolarning texnologik istiqboliga ta'siri.
  • Umumiy metallurgiya: Metallurgiyaning mohiyati, metallarni qo'llanilishi, metallarni olish texnologiyasi, ishlatiladigan dastgohlari, jarayonlarning texnologik ko'rsatgichlari va tayyor mahsulotni olish yo'llari.
  • Xom ashyoni tayyorlash: Rudalarni maydalash, yangi mahsulotlarni eritish va tozalash jarayonlari.
  • Boyitish jarayonlari: Boyitish jarayonlarining asoslari, turlari, maxsus usullari va qurilmalari.
  • Metallurgik jarayonlar: Metallurgik jarayonlar tasnifi, pirometallurgik va gidrometallurgik jarayonlar haqida tushuncha.
  • Metallurgik yoqilg'i va pechlar: Metallurgik yoqilg'ilarning turlari va vazifalari, pechlarning asosiy vazifalari va tasnifi.
  • Konverterlash va avtogen jarayonlar: Konverterlash jarayonining bosqichlari, qurilmalari va avtogen jarayonlar haqida tushuncha.
  • Temir rudalari: Temir rudalarining tavsifi, sifatini baholash va domna pechida eritish uchun metallashgan temir mahsulotini olish.
  • Kompleks rudalarni metallash: Kompleks rudalarni metallashda yuldosh jarayonlar va qattiq fazadagi kimyoviy reaksiyalar.