Шаҳар ҳудудини комплекс ободонлаштириш
Ushbu kitob shaharsozlik va qurilish sohasida tahsil olayotgan talabalar uchun mo'ljallangan bo'lib, shaharlarni obodonlashtirishning nazariy va amaliy asoslarini o'rgatadi. Kitobda shaharlarning infratuzilmasi, muhandislik tarmoqlari, ko'kalamzorlashtirish, yoritish va boshqa muhim elementlarining loyihalashtirish tamoyillari batafsil yoritilgan. Qo'llanma respublikamiz sharoitida shaharlarni loyihalashtirishda e'tiborga olinishi zarur bo'lgan hududiy xususiyatlarni ham qamrab oladi.
Asosiy mavzular
- Shahar hududini injenerlik tayyorlash: Ushbu bo'limda shahar hududlarini qurilishga tayyorlash, noqulay hududlarni bartaraf etish, yangi konstruksiyalar va materiallar, vertikal rejalashtirish, yer osti muhandislik tizimlarini loyihalash kabi masalalar ko'rib chiqiladi.
- Shahar hududining muhandislik tarmoqlari: Shahar hududining muhandislik ta'minoti, yer osti muhandislik tarmoqlarini joylashtirish tamoyillari, aholi turar-joy maskanlarining muhandislik uskunalari va shahar sug'orish tarmoqlari tizimi kabi mavzular yoritilgan.
- Shahar ko'cha-yo'l tarmog'ini obodonlashtirish: Bo'limda O'zbekistonda ko'cha-yo'l tarmog'ining rivojlanishi, ko'cha-yo'l tarmog'ining vazifalari va asosiy elementlari, ko'cha va yo'llarning tipik ko'ndalang profillari, mikrorayon ichki yo'llari, avtomobillar to'xtash joylari va garajlar haqida ma'lumot berilgan.
- Sport inshootlarini injenerlik obodonlashtirish: Ushbu bo'lim sport inshootlarining rivojlanishi, shahar sport inshootlarining tarmog'i va klassifikatsiyasi, jismoniy tarbiya-sport inshootlari tarkibi va soni, sport inshootlarini loyihalash va sport inshootlari hududlarini vertikal rejalashtirish masalalari bilan tanishamiz.
- Shahar hududlarini yoritish: Bo'limda asosiy yorug'lik texnik tushunchalar, transport va piyodalar kesishmalari va inshootlarini yoritish, mikrorayon hududlarini yoritish, istirohat bog'lari, bog'lar, xiyobonlar, yo'laklarni yoritish, park va bog'larni yoritish, xiyobonlarni yoritish va ayrim ob'ektlarni yoritish kabi mavzularni qamrab oladi.