Fond birjasi faoliyat mеxanizmining nazariy asoslari va jahon tajribasi

Ushbu kitobda O'zbekistonda fond birjasi faoliyatining nazariy asoslari, jahon tajribasi, tahlili va rivojlanish tendentsiyalari, takomillashtirish istiqbollari va hamkorlik masalalari ko'rib chiqilgan. Kitob fond birjasi, qimmatli qog'ozlar bozori va investitsiya sohalariga oid asosiy ma'lumotlarni o'z ichiga oladi.

Asosiy mavzular

  • Fond birjasi faoliyat mexanizmining nazariy asoslari va jahon tajribasi: Fond birjasi faoliyati, roli, mexanizmi va iqtisodiyotdagi o'rni, O'zbekiston fond birjasi faoliyat mexanizmining huquqiy asoslari, fond birjasi faoliyatining jahon tajribasi.
  • O'zbekiston fond birjasi faoliyat mexanizmining tahlili va rivojlanish tendentsiyalari: Fond birjasi faoliyatida indekslar tahlili va ularni hisoblash metodikasi, fond birjasi faoliyatining ko'rsatkichlari va zamonaviy tendentsiyalari, Toshkent Respublika fond birja faoliyatining rivojlantirishda Koreya fond birjasi bilan tuzilgan hamkorlik shartnomasining samaradorlik tahlili.
  • Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida O'zbekiston fond birja faoliyatining takomillashtirish istiqbollari: Mamlakatimiz Prezidentining islohotlari, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilish va tadbirkorlikni rivojlantirish chora tadbirlari, davlat mulkining xususiylashtirilishi natijasida vujudga keladigan aksiyadorlik jamiyatlarining qimmatli qog'ozlarini birja savdolari orqali ochiq sotilishi,narxlarning erkin shakllantirilishi va tarqatish qimmatli qog'ozlarning erkin muomalasi, investitsiya, fond bozori mexanizmlari.