KamAZ-5322 rusumli 205 ta yuk avtomobili uchun payvandlash ustaxonasini loyihalash
Ushbu kitob O'zbekiston Respublikasida avtomobil transportini rivojlantirish, avtotransport korxonalarining vazifalari, tasnifi, ishlab chiqarish texnika bazasining holati va rivojlantirish yo'llari, texnologik jihozlar, texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlash ishlari, ustaxonalar loyihalash, mehnat muhofazasi, texnika xavfsizligi va boshqa masalalarni qamrab oladi. Kitob talabalarga, muhandislarga va avtotransport sohasidagi mutaxassislarga mo'ljallangan.
Asosiy mavzular
- Avtotransport tarmog'i korxonalarining vazifasi va tasnifi: Avtotransport tarmog'i korxonalari avtomobillarning texnik tayyorligini ta'minlaydi va quyidagi funksiyalarni bajaradi: yuk yoki yo'lovchi tashish, avtomobillarni saqlash, TXK va T xizmat ko'rsatish, yonilg'i-moy mahsuloti va extiyot qismlar bilan ta'minlash.
- Avtotransport korxonalari ishlab chiqarish texnika bazasining holati va rivojlantirish yo'llari: Ishlab chiqarish texnika bazasining (ICHTB) asosiy vazifasi avtomobillarning texnik tayyorligini ta'minlashdan iborat. ICHTB tarkibiga imoratlar, inshootlar, kommunikatsiyalar, jixozlar va qurulmalar, asboblar va boshqalar kiradi.
- Texnologik jihozlarni tanlash: Texnologik jihozlarga stanoklar, stendlar, priborlar, moslamalar va ishlab-chiqarish inventarlari kiradi. Jihozlar ishlab-chiqarish vazifasiga ko'ra asosiy, yig'ma, ko'tarib-tekshiruvchi va umumiy vazifali va ombor jihozlariga bo'linadi.
- Ustaxonalar loyihalash: Ustaxona loyihasida texnik hizmat ko'rsatish postlarini tashqi o'lchamlari, o'rgatilgan jihozlarni tashqi va joylashish o'lchamlari ko'rsatilgan. Tushuntiruv yozuvida tanlangan hizmat ko'rsatish yoki ta'mirlash ustaxonalarini vazifasi, tanlangan jihozlar, texnologik jarayon, texnika xavfsizligi va ishlab chiqarish sanitariyasi yoritilgan.