Turistlarga ko‘rsatiladigan xizmatlarni boshqarishning samaradorligini oshirish
Ushbu kitob turizm sohasida faoliyat yurituvchi tashkilotlar uchun uslubiy qo'llanma bo'lib, unda turistik xizmatlarni boshqarishning nazariy va amaliy jihatlari, samaradorlikni oshirish yo'llari, mehnat muhofazasi masalalari yoritilgan. Shuningdek, kitobda Samarqand viloyatidagi "Farruh Samarqand avia" MCHJning faoliyati tahlil qilingan va uni rivojlantirish bo'yicha takliflar berilgan.
Asosiy mavzular
- Turistik tashkilotlarda xizmatlarni boshqarishning nazariy asoslari: Xizmat tushunchasi, turizmdagi o'rni, turistlarga xizmat ko'rsatishni tashkil etish, xizmatlar samaradorligini boshqarish yo'llari
- "Farruh Samarkand avia” MCHJ faoliyatini tashkiliy-iqtisodiy baholash: MCHJ faoliyatining tashkiliy-huquqiy asoslari, asosiy faoliyat xolati, iqtisodiy ko'rsatkichlarini baholash
- “Farrux - Samarqand avia” MCHJda xizmatlarni boshqarish samaradorligini ta'minlash chora-tadbirlari: Turistik xizmatlar samaradorligiga ta'sir etuvchi omillar, xodimlar faoliyatining ahamiyatini oshirish, baholashni takomillashtirish
- Turistik tashkilotlarda mehnat faoliyati muhofazasi: Mikroiklim va uning gigiyenik normalari, elektr xavfsizligini tashkiliy chora – tadbirlari