“Қуръоншунослик” ўқув қўлланма

Ushbu kitob "Qur'onshunoslik" fanini o'rganishga bag'ishlangan bo'lib, Qur'on tarixi, jamlanishi, ilmlari, mavzulari, ta'limotlari va tafsir ilmi kabi muhim masalalarni qamrab oladi. Kitobda Qur'onning nozil bo'lishi, yozilishi, saqlanishi, turli tillarga tarjimalari, shuningdek, Qur'on ilmlarining rivojlanish tarixi va uslubiy xususiyatlari batafsil yoritilgan.

Asosiy mavzular

  • Qur'onning jamlanishi: Qur'onningPayg'ambar Muhammad (s.a.v.) hayotlik davrida yozuvi va jamlanishi, Abu Bakr davrida saqlanishi, Usmondan mus'haf shaklida tasdiqlanish bosqichlari bayon etilgan.
  • Qur'on ilmlari: Qur'on ilmlarining kelib chiqishi, rivojlanishi, ahamiyati, turlari, tafsir, qiroat, nasx va mansux kabi ilmlar haqida ma'lumot beriladi. Qadimda va hozirda Qur'on ilmi sohasida tadqiqot olib borgan olimlarning hayoti va ilmiy faoliyati haqida ma'lumotlar berilgan
  • Qur'on mavzulari va ta'limotlari: Qur'onda ilgari surilgan g'oyalar, ya'ni yakkaxudolik, farishtalar, muqaddas kitoblar, payg'ambarlar, taqdir, oxirat kuni, jannat va do'zax kabi mavzular tahlil etiladi, shuningdek, ahlok odob ta'limoti yoritiladi
  • Tafsir ilmi: Tafsir ilmi, uning ahamiyati, rivojlanish bosqichlari, tafsir maktablari, mashhur mufassirlar, tafsir uslublari va yo'nalishlari haqida ma'lumotlar beradi