Амирлашкар тарихи
Ushbu kitob XIX asrning 60-yillarida Qo'qon xonligida muhim siyosiy ro'l o'ynagan va bir qator islohotlarni amalga oshirishga harakat qilgan Aliquqli Amirlashkar Hasanbiy o'g'lining hayoti va faoliyatiga bag'ishlangan. Kitobda Qo'qon xonligining ichki va tashqi siyosiy hayotidagi faoliyati, Rossiya imperiyasining bosqinchilik siyosatiga qarshi kurashi kabi masalalar yoritilgan. Monografiya oliy o'quv yurtlari talabalari, magistratura talabalari, aspirantlari, tadqiqotchilar va o'qituvchilar uchun mo'ljallangan.
Asosiy mavzular
- Qo'qon xonligining siyosiy ahvoli (XIX asr 50-60-yillari): XIX asrning 50-60-yillarida Qo'qon xonligining ichki siyosiy bo'hronlari, iqtisodiy ahvoli va Rossiya imperiyasining bosqinchilik siyosati oqibatida yuzaga kelgan vaziyatlar tahlil qilinadi.
- Aliquli Amirlashkarning davlat arbobi sifatidagi shakllanishi: Aliquli Amirlashkarning siyosiy faoliyati, hokimiyatga kelishi, davlat boshqaruvidagi islohotlari va Qo'qon xonligidagi roli ko'rib chiqiladi.
- Aliquli Amirlashkarning harbiy sarkardalik faoliyati: Aliquli Amirlashkarning Rossiya imperiyasiga qarshi kurashlardagi harbiy mahorati, Turkiston, Chimkent va Ikon janglaridagi roli, shuningdek Тошкент shahrini himoya qilishga qo'shgan hissasi yoritilgan.
- Diplomatiya: Chet davlatlar bilan aloqalarni o'rnatishga qaratilgan tashabbuslar, elchiliklar, muzokaralar va ularning natijalari ko'rib chiqiladi.