Машина деталлари
Ushbu kitob mashina detallari fanidan laboratoriya ishlari to'plami bo'lib, unda mashina detallarining tuzilishi, hisoblash usullari va loyihalash tamoyillari o'rganiladi. To'plamda tishli uzatmalar, tasmali uzatmalar, zanjirli uzatmalar, val va o'qlar, podshipniklar kabi elementlarning tuzilishi va loyihalash masalalari yoritilgan. Har bir laboratoriya ishi nazariy ma'lumotlar, ishni bajarish tartibi va nazorat savollarini o'z ichiga oladi.
Asosiy mavzular
- Tishli reduktorlarning asosiy geometrik o'lchamlarini aniqlash: Tishli uzatmalarning kinematik o'lchovlarini aniqlash, reduktor detallarining konstruksiyasini o'rganish va ishlash prinsipini bilish, qobiq detallarining geometrik o'lchamlarini aniqlash.
- Tasmali uzatmalarni tuzilishi va loyihasini o'rganish: Yassi tasmali uzatmalarning konstruktiv o'lchamlari, tasma materiallari bilan tanishish hamda tasmali uzatmalar uchun umumiy bo'lgan asosiy parametrlarni o'rganish.
- Zanjirli uzatmalarni тузилиши va loyihasini o'rganish: Zanjir konstruktsiyasini o'rganish. Zanjirning konstruksiya parametrlariga ko'ra yetaklovchi zvenoning aylanishlar soni n1=720 ayl/min bo'lganda uzatmaning quvvatini aniqlash.
- Val va o'qlarni loyihalash: Val aylanishidagi kritik burchak tezlikni tajriba yo'li bilan aniqlash va olingan ma'lumotlarni hisobiy kattaliklar bilan solishtirish.
- Podshipnikni тузилишини o'rganish: Dumalas podshipniklaridagi shartli ishqalanish momenti va shartli ishqalanish koeffitsiyentini hamda ularning yuklanish, moylaj, vallarning aylanish chastotasini o'zgartirishdagi aloqadorliin aniqlash.