Falsafa tarixi va nazariyasi

Ushbu kitob, O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi tomonidan Navoiy davlat pedagogika instituti talabalari uchun mo'ljallangan "Falsafa tarixi va nazariyasi" fanidan o'quv-uslubiy majmua hisoblanadi. Unda falsafa fanining predmeti, mazmuni, mohiyati, jamiyatdagi roli, falsafiy tafakkur evolyutsiyasi, qadimgi davr, o'rta asrlar va uyg'onish davri falsafasi, yangi va eng yangi davrlar falsafasi, ontologiya - borliq falsafasi, harakat va rivojlanish, makon va vaqt, tabiat falsafasi, inson borlig'i, o'zaro aloqadorlik va rivojlanish qonunlari, gnoseologiya - bilish falsafasi, nazariya va amaliyotning birligi, metod va metodologiya, axborot, informatika va aborotlashuv, tushunish va tushuntirish, tarix falsafasi, falsafiy antropologiya, faoliyat falsafasi, globallashuvning falsafiy muammolari kabi mavzular yoritilgan. Shuningdek, kitobda seminar mashg'ulotlari mavzusi, mustaqil ishlar tashkil etishning shakli va mazmuni, baholash mezonlari, darslik va o'quv qo'llanmalar ro'yxati, internet saytlari va test savollari ham keltirilgan.

Asosiy mavzular

  • Falsafaning predmeti, mazmun va mohiyati, jamiyatdagi roli: Falsafa tushunchasining kelib chiqishi, falsafa shakllanishining asosiy bosqichlari, dunyoqarashning mohiyati, uning intellektual, emotsional va ruhiy asoslari, dunyoqarashning tuzilishi, tarixiy shakllari, dinning asosiy funksiyalari, falsafa dunyoqarash shakli sifatida, uning predmeti va o'zgaruvchan xarakteri, falsafiy bilimning tuzilishi, asosiy masalalari, funksiyalari, fanning dunyoqarash shakli sifatidagi o'rni.
  • Falsafiy tafakkur evolyutsiyasi. Qadimgi davr, o'rta asrlarda uyg'onish davri falsafasi: Falsafa tarixini davrlashtirishning o'ziga xos xususiyatlari, falsafiy tafakkur shakllanishining ijtimoiy-tarixiy va ma'naviy asoslari, Qadimgi Yaqin va o'rta Sharqda diniy falsafiy fikrlar, Qadimgi Bobil va Misrda tabiiy-ilmiy va falsafiy bilimlarning vujudga kelishi, Qadimgi Markaziy Osiyoda zardo'shtiylik, uning ijtimoiy-siyosiy asoslari, Qadimgi Hindiston falsafasining asosiy masalalari va oqimlari, Qadimgi Xitoy falsafasining paydo bo'lishi, bahs mavzulari va rivojlanishi, Qadimgi YUnoniston va Rimda falsafaning shakllanishi, Amir Temur va temuriylar davri fani va falsafasining asosiy xususiyatlari. O'rta asrlar G'arb falsafasida universaliylar masalasining muhokama etilishi: nominalizm va realizm.
  • Yangi va eng yangi davrlar falsafasi: Klassik falsafaning shakllanishi, uning asosiy xususiyatlari, Yangi davr falsafasining asosiy muammolari, ilmiy bilish metodologiyasi masalalarining tadqiq etilishi, G'arbiy yevropa maʼrifatparvarlik falsafasining vujudga kelishi va rivojlanishi. Turkistonda maʼrifatparvarlik va jadidchilik g'oyalarining shakllanishi, uning falsafiy g'oyaviy asoslari hamda milliy o'zlikni anglashda tutgan tarixiy o'rni. Noklassik falsafaning shakllanishi, uning xususiyatlari va taraqqiyotining asosiy yo'nalishlari. Zamonaviy G'arb falsafasining taraqqiyot tendensiyalari. Postmodernizm konsepsiyalari.
  • Ontologiya - borliq falsafasi: Borliq falsafaning predmeti, Ontologiya tushunchasi, Borliq kategoriyasi, falsafa tarixida borliq muammosi, Borliq masalasida falsafa va fan sintezi, Borliq tushunchasining etimologiyasi, Borliq va yuqlik dialektikasi, Borliq shakllari, olamning paydo bo'lishi va evolyutsiyasi. Falsafada substansiya va materiya muammosi, substansiya muammosi, substansiya va substrat tushunchasi. Materiya shakllarining turli tumanligi.
  • Harakat va rivojlanish: Harakat tushunchasi, falsafa tarixida harakatning talqini, o'zgarishlarning umumiy xususiyati, Harakat va harakatsizlikning o'zaro nisbati, Harakat tiplari, harakat shakllari. Makon va vaqt borliqning fundamental shakllari. Tabiat tushunchasi, tabiat tushunchasining keng va tor ma'nosi. Inson borlig'ining o'ziga xos xususiyatlari.
  • O'zaro aloqadorlik va rivojlanish qonunlari: Falsafa tarixida rivojlanish haqidagi qarashlar evolyutsiyasi, dialektika rivojlanish asosi, dialektikaning asosiy tushunchalari: Narsa tushunchasi, aloqa, dialektikaning muqobillari, rivojlanish va o'zgarish tushunchasi. Taraqqiyot tushunchasi. Falsafa kategoriyalari.
  • Gnoseologiya- bilish falsafasi: Bilish nazariyasining predmeti, ratsionalizm, empirizm, persepsiya va apersepsiya. Gnoseologiyaning mazmuni va mohiyati, optimizm, skeptitsizm, agnostitsizm, gnoseologik relyativizm. Hissiy, empirik, nazariy, mantiqiy va intuitiv bilish darajalari, hissiy darajadagi bilimning shakllari: sezgi va idrok. Haqiqat tushunchasi
  • Nazariya va amaliyotning birligi: Amaliyot tushunchasi, amaliyot falsafasi, falsafa tarixida amaliyotga turli munosabatlar, bilish va amaliyotning o'zaro nisbati, metod va metodologiya: asosiy tushunchalar, metod va metodologiya tushunchasi, fan metodlari: formal, empirik, nazariy tadqiqot, izohlash, tushunish va tushuntirish.
  • Falsafiy antropologiya (Inson haqidagi ta'limot): Inson falsafiy muammo sifatida, falsafa tarixida insonning kelib chiqishi haqidagi ta'limotlar, insonni falsafiy tushunishning o'ziga xos xususiyati. Faoliyat falsafasi (prakseologiya), faoliyat tushunchasi. Globallashuvning falsafiy muammolari, globallashuv yangi falsafiy mavzu, globallashuv xodisasi.