Tuban va yuqori sporali o’simliklar. Ochiq urug’li o‘simliklar

Ushbu kitob O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan oliy va o'rta tibbiy ta'lim yo'nalishlari uchun o'quv uslubiy qo'llanma sifatida tavsiya etilgan. Qo'llanma tuban va yuqori sporali o'simliklar, urug'li o'simliklar dunyosiga bag'ishlangan bo'lib, ularning tuzilishi, ko'payishi, klassifikatsiyasi, ekologiyasi va ahamiyatini o'rganishga qaratilgan. Kitobda talabalarning mustaqil ishlashi uchun vazifalar, tajribalar va topshiriqlar ham o'rin olgan.

Asosiy mavzular

  • Tuban sporali o'simliklar: Suv o'tlari, zamburug'lar va lishayniklarning tuzilishi, ko'payishi, oziqlanishi, klassifikatsiyasi va ahamiyati batafsil yoritilgan. Ularning xarakterli belgilari, turlari va ekologik xususiyatlari ko'rib chiqilgan.
  • Yuqori sporali o'simliklar: Moxsimonlar, plaunsimonlar, qirqbo'g'imsimonlar va qirqquloqsimonlarning tuzilishi, ko'payishi, rivojlanishi va klassifikatsiyasi, shuningdek, nasl gallanishi va biologik xususiyatlari haqida ma'lumot berilgan.
  • Urug'li o'simliklar (Ochiq urug'lilar): Ochiq urug'li o'simliklarning yuqori sporali o'simliklardan farqi, klassifikatsiyasi, ninabarglilar sinfiga kiradigan o'simliklarning tuzilishi, otalik va onalik quddalarning shakli va tuzilishi, changlanish va otalanish jarayonlari, urug'ning taraqqiyoti va ahamiyati yoritilgan.