Farg’ona iqtisodiy rayonida tadbirkorlik muhitining shakllanishi va rivojlanishi
Ushbu bitiruv malakaviy ishi Farg'ona iqtisodiy rayonida tadbirkorlik muhitini shakllantirish va rivojlantirish masalalariga bag'ishlangan. Unda tadbirkorlikning nazariy asoslari, mintaqaning iqtisodiy salohiyati, tadbirkorlikni rivojlantirishning istiqbolli yo'nalishlari tahlil qilingan. Ishda, shuningdek, tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash mexanizmlari va mintaqada biznes yuritishning o'ziga xos xususiyatlari ko'rib chiqilgan.
Asosiy mavzular
- Tadbirkorlik muhitini iqtisodiy geografik o'rganishning nazariy va uslubiy masalalari: Ushbu bobda tadbirkorlik sub'ektlari haqida tushuncha, nazariy masalalar, mazkur sektorning milliy iqtisodiyotda tutgan o'rni, jahon amaliyoti, O'zbekistonda tashkil qilinishi va rivojlanishi hamda u bilan bog'liq tashkiliy-huquqiy me'yorlar, shuningdek, davlat tomonidan qo'llab-quvvatlanishi kabi masalalari yoritilgan.
- Farg'ona iqtisodiy rayonida tadbirkorlik muhiti shakllanishining shart sharoitlari va rivojlantirish istiqbol yo'nalishlari: Ushbu bobda iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida Farg'ona iqtisodiy rayonida tadbirkorlik muhiti shakllanishi va rivojlanishi tahlili, hududiy xususiyatlari, qulay tadbirkorlik muhitini shakllantirish masalalari, kichik biznesni tashkil etish va rivojlantirishning istiqbol yo'nalishlari yortilgan.