Ценурознинг эпизоотологияси, диагностикаси ва қарши кураш чора-тадбирлари

Ushbu kitob qishloq xo'jaligi hayvonlarida uchraydigan kasalliklardan biri bo'lgan senuroz kasalligining epizootologiyasi, diagnostikasi va unga qarshi kurash chora-tadbirlariga bag'ishlangan. Kitobda senuroz kasalligini keltirib chiqaruvchi omillar, kasallikning tarqalish yo'llari, klinik belgilari, tashxis usullari va davolash choralari haqida batafsil ma'lumotlar keltirilgan. Shuningdek, kitobda senuroz kasalligining oldini olishga qaratilgan profilaktika tadbirlari ham yoritilgan.

Asosiy mavzular

  • Kirish: Qishloq xo'jaligida chorvachilikning ahamiyati, O'zbekistonda chorvachilikni rivojlantirishga qaratilgan davlat siyosati, parazitar kasalliklarning chorvachilikka ta'siri.
  • Adabiyotlar tahlili: Senuroz kasalligi haqida ilmiy manbalar, kasallikning qo'zg'atuvchisi, tarqalishi, rivojlanishi, epizootologiyasi, klinik belgilari va patologoanatomik o'zgarishlar.
  • Shaxsiy tadqiqotlar: Qo'shrabot tumanida itlarning teniidlar bilan zararlanish darajasi, senurozga qarshi vaktsinaning samaradorligi, iqtisodiy samaradorlikni aniqlash.
  • Chorvachilikda ishlab chiqarishni tashkil etish va menejment asoslari: Iqtisodiy kategoriya sifatida samaradorlik, menejmentning samaradorlik mezonlari, chorvachilik tarmoqlari va mahsulot yetishtirish.
  • Veterinariya ishini tashkil etish: Veterinariya tadbirlarini rejalashtirish, rejalashtirish obyektlari, rejalarga talablar, xojaliklarda veterinariya xizmati.
  • Hayot faoliyati xavsizligi: Mehnat muhofazasi, chorvachilikda kasb kasalliklari profilaktikasi, dezinfeksiya, deratizatsiya.