Hozirgi o`zbek adabiy Tilidan mashqlar to`plami
Ushbu kitobda hozirgi o‘zbek adabiy tilining morfemik tarkibi, so‘z yasalishi va so‘zlarning tuzilishiga ko‘ra turlari, so‘z turkumlari tahlili, ravish, undov va taqlid so‘zlar kabi mavzular yoritilgan. Kitob filologiya yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun mo‘ljallangan.
Asosiy mavzular
- Morfemika: Morfemik tahlil tartibi, o`zak va affiks morfemalarni ajratish, affiks morfemalarning turlarini aniqlash, affiks morfemalarni tuzilishiga ko`ra turini aniqlash, affiks morfemalar qanday negiz hosil qilishini o'rganish.
- So`z yasalishi va so`zlarning tuzilishiga ko`ra turlari tahlili: So`z yasalishining usullari, yasovchi asosning qaysi turkumga mansubligi, yasovchi affikslar, so`zlarning tuzilishiga ko`ra turlari
- So`z turkumlar tahlili: Ot turkumi tahlili: ma`nosiga ko`ra, kelishik shakli, grammatik son va egalik shakllari, tub va yasamaligi, tuzilishiga ko`ra turi, gapdagi vazifasi. Sifat turkumi tahlili: ma`nosiga ko`ra turi, predmetning qanday belgisini bildirishi, darajasi, turi va yasamaligi, otlashgan, otlashmaganligi, tuzilishiga ko`ra turi. Son turkumi tahlili: ma`nosiga ko`ra turi, sanoq sonning turlari, sanoq so`zlar bilan kelgan-kelmaganligi, otlashganligi, gapdagi vazifasi, tuzilishiga ko`ra turi. Olmosh turkumi tahlili: ma`nosiga ko`ra turi, qaysi so`z turkumi o`rnida qo`llanganligi, gapdagi vazifasi, tuzilishiga ko`ra turi. Fe`l turkumi tahlili: o`timli va o`timsizligi, bo`lishli - bo`lishsizligi, qaysi nisbatdaligi, fe`lning xoslangan shakli, shaxs- soni, zamoni, mayli, gapdagi vazifasi.
- Yordamchi so'zlar tahlili: Ko'makchilar tahlili tartibi: Lug'aviy ma'nosini yo'qotish darajasiga ko'ra, kelishiklarni boshqarishi, mano ifodasi. Undov so'zlar tahlili tartibi: ma'nosiga ko'ra turi, tuzilishiga ko'ra turi, gapdagi vazifasi. Taqlid so'zlar tahlili tartibi: qirt-qirt-tovushga tahlid, tuzilishiga ko'ra juft, gapda hol vazifasini bajargan.