«Gidrologiya, gidrometriya va oqim xajmini rostlash» fanidan (Ma‘ruza matnlari tuplami)

Ushbu kitob gidrologiya va gidrometriya fanlariga oid ma'ruzalar matnlari tuplamidan iborat. Unda O'rta Osiyo sharoitida gidrologiya va gidrometriya fanlarining asosiy tushunchalari, daryo oqimining hosil bo'lishi, daryolar ishlash tartibi, suv havzalarining asosiy tavsiflari va ularni aniqlash usullari, suv xo'jaligi inshootlarini loyihalash va ulardan foydalanishda qo'llash, gidrologik va gidrometrik ma'lumotlarni tahlil qilish, baholash va boshqa muhim masalalar bilan tanishiladi.

Asosiy mavzular

  • Gidrologiya asoslari: Gidrologiya fani, uning boshqa fanlar bilan bog'lanishi, dengizlar va quruqlik gidrologiyasi, suvning Yer kurrasida aylanishi, suv balansi va uning elementlari.
  • Gidrometriya asoslari: Gidrometriya fanining vazifalari, suv satxi tushunchasi, suv o'lchash postlari, suv oqimi chuqurligi va uni o'lchash asboblari, suv oqimi tezligi va uni aniqlash usullari, suv sarfi va uni aniqlash usullari.
  • Daryo haqida umumiy ma'lumot: Daryo tarmoqlari va uning xususiyatlari, daryo havzasi, suv ayirg'ichlar, havzaning gidrografik xususiyatlari, daryo vodiysi va uning elementlari, daryo uzani va uning o'zgarishi.
  • Oqimning iqlimiy omillari: Oqimga ta'sir etuvchi iqlimiy omillar: havo namligi, bug'lanish, tuproq va o'simliklardan bo'ladigan bug'lanish, yog'inlar. Tog' daryolari oqimining xosil bo'lish xususiyatlari.
  • Daryolarning to'yinishi va suv tartibi (rejimi): Daryolarning to'yinish turlari, suv rejimi davrlari (fazalari), daryolarning to'yinish manbalari bo'yicha tasnifi.
  • Tadqiqotlarning statistik usullari va oqimni hisoblash: Gidrologiyada statistik usullarning qo'llanilishi, ta'minlanganlikning gidrologik tavsiflari, taqsimlanish egri chiziqlari va ularning parametrlari.
  • Yillik oqim va uning taqsimlanishi: Oqimning iqlimiy omillari, oqim, yog'in va bug'lanish orasidagi munosabat, ta'minlanganlikning nazariy egri chizigini tekshirish, maksimal suv sarflari.