Махсус дори турлари технологияси

Ushbu kitob farmatsevtika sohasida tahsil olayotgan talabalar uchun darslik bo'lib, unda maxsus dori turlari texnologiyasi, gomeopatiya asoslari, bolalar va geriatriya amaliyotida qo'llaniladigan dori turlari, kosmetologiya va veterinariya amaliyotida qo'llaniladigan vositalar, ta'siri uzaytirilgan dori turlari, terapevtik dorivor sistemalar, qattiq dispers sistemalar, immmobilash yo'li bilan olingan dorilar, mikrokapulalar, liposomal dorilar va magnit orqali boshqariladigan sistemalar haqida ma'lumotlar berilgan.

Asosiy mavzular

  • Gomeopatiyaning asoslari: Gomeopatiyaning yaratilish asoslari, rivojlanish tarixi, prinsiplari, doza va suyultirishlar, qo'llanmalar va me'yoriy hujjatlar.
  • Gomeopatik dori turlari texnologiyasi: Suvli va suv-spirtdagi eritmalar, essensiyalar, tinkturalar, surtmalar, moylar, shamchalar, trituratlar, granulalar va tabletkalar texnologiyasi.
  • Yoshga qarab beriladigan dori turlari: Yoshga qarab dori berishning zarurligi, bolalarga mo'ljallangan dori turlari, yangi tug'ilgan chaqaloqlarga mo'ljallangan dorilar, pediatriya va geriatriya amaliyotida qo'llaniladigan dori turlari.
  • Kosmetologiya amaliyotida qo'llaniladigan kosmetik vositalar: Kosmetologiyaning vazifalari, kosmetik preparatlar tasnifi, terining tuzilishi va faoliyati, kosmetik vositalarga qo'yiladigan talablar.
  • Veterinariya amaliyotida qo'llaniladigan dori turlari: Veterinariya amaliyotida qo'llaniladigan dori turlari ta'rifi, tasnifi va o'ziga xosliklari.
  • Ta'siri uzaytirilgan dori turlari: Ta'siri uzaytirilgan dorilarni yaratish zaruriyati, ta'rifi, tasnifi, perorqal ta'siri uzaytirilgan dorilar, strukturaviy tabletkalar, polimer dorivor pardalar.
  • Terapevtik dorivor sistemalar: Terapevtik dorivor sistemalar ta'rifi, ularning zaruriyati, transdermal terapevtik sistemalar, peroral va boshqa turdagi terapevtik sistemalar.
  • Qattiq dispers sistemalar: Qattiq dispers sistemalar ta'rifi, ya'ni qattiq matriksa-asosda dorivor moddalarning dispersiyalangan holati. Ularni yaratish zaruriyati, qattiq dispers sistemalarni olish usullari.
  • Immobilash yo'li bilan olingan dorilar: Dorilarni immobilash maqsadlari. Immobilangan preparatlar ta'rifi, tasnifi. Immobilangan preparatlarni olish yo'llari. Yoriqlari hamda afzallik tomonlari.
  • Dorivor moddalarni kerakli a'zoga yo'naltirilgan ravishda yetkazish tizimlari: Mikrokapsulalar, mikrosferalar. Dorilarni tanada yo'naltirish pog'onalari. Mikrokapsulalar- 1 avlod dori tashuvchilari. Mikrokapsulalar texnologiyasida qo'llaniladigan yordamchi moddalar.
  • Liposomal dori turlari: Liposomalar haqida tushuncha, ularning tuzilishi. Liposomalar yordamida dorilarni tanada yo'naltirish. Liposomal dorlarni olinish usullari. Liposomal dorilarni qo'llash sohalari.
  • Magnit orqali boshqariladigan sistemalar, glikoproteidlar, antitelalar: Magnitli dorilar ta'rifi, yaratish zaruriyati. Magnit to'ldiruvchilari va magnit maydoni manbalari. Magnitli dori turlari texnologiyasi. Antitelaalar yordamida dorilarni tanada yo'naltirish.
  • Maxsus dori turlarini yaratishdagi biofarmatsevtik izlanishlar: Maxsus dori turlarini yaratishda biofarmatsevtik izlanishlar. Maxsus dori turlarini biosamaradorligiga ta'sir etuvchi omillar. Maxsus dori turlarini biosamaradorligini aniqlash.