Tеlеkommunikatsiya uzatish tizimlari

Ushbu kitob telekommunikatsiya uzatish tizimlarining asosiy tushunchalari, prinsiplari va texnologiyalarini o'rganishga bag'ishlangan. Unda aloqa tarmoqlarining tuzilishi, signallarni uzatish usullari, shovqinlarga qarshi kurashish, raqamli uzatish tizimlari va boshqa muhim mavzular ko'rib chiqilgan. O'quv qo'llanma oliy o'quv yurtlari talabalari, o'qituvchilar va aloqa sohasi xodimlari uchun mo'ljallangan.

Asosiy mavzular

  • Telekommunikatsiya uzatish tizimlarining tuzilish asoslari: Elektr aloqa turlari, signallarni uzatishda ishlatiladigan qurilmalar va ularning vazifalari, uzatish kanallari va tizimlarining ta'rifi, simli va radioliniyalar, N-kanalli aloqa tizimlari, aloqa tarmoqlarining tuzilish prinsiplari, birlamchi va ikkilamchi tarmoqlar, signallarni uzatish sathlari.
  • Kanal signallarini ajratish prinsiplari: Chastota va vaqt bo'yicha ajratish usullari, chastota bo'yicha ajratishning tuzilish sxemasi, himoya chastota oralig'i, kanal signallarini shakllantirish, ko'p kanalli uzatish tizimlarining kamchiliklari va afzalliklari.
  • Kanallari chastota bo'yicha ajratilgan uzatish tizimlari: Kanal signallarining shakllanishi, chastotalarni ko'p marta o'zgartirish prinsiplari, magistral, mintaqaviy va mahalliy tarmoqlarda qo'llaniladigan uzatish tizimlari, shovqinlar turlari, ularni baholash va me'yorlashtirish, chiziqli o'zaro o'tuvchi shovqinlar, tovush chastotali kanal, uning xarakteristikalari.
  • Kanallari vaqt bo'yicha ajratilgan uzatish tizimlari: AIM signalining xususiyatlari, impulsli kodli modulyatsiya, tekis va notekis kvantlash, avtomatik sath boshqarish qurilmasi (ASB), kanallari vaqt bo'yicha ajratilgan (KVBA) uzatish tizimlarining kanal signallarini va guruhli AIM signallarning shakllanishi.
  • Raqamli uzatish tizimlarida sinxronizatsiya: Taktli, siklli, yuqori siklli sinxronizatsiya, sinxrosignal qabul qilgichi, simmetrik va assimetrik kabellarni tashkil etish, raqamli signallarni uzatish, shovqinlarga qarshi usullari.
  • Raqamli uzatish tizimlarining liniya trakti: Raqamli liniya trakti, regeneratorlar, kanallari chastota bo'yicha ajratilgan, kanallari vaqt bo'yicha ajratilgan, aralashgan, yuzaki va chuqur kabel aloqa liniyalarini qurish.
  • Pleziaxron raqamli ierarxiya: Raqamli uzatish tizimlarining ierarxiyasi, PDH tizimlarining kamchiliklari, PDH da sinxronizatsiya va boshqarish muammolari, raqamli oqimlarni vaqtli birlashtirish usuli, pleziaxron raqamli ierarxiya.